TUPROQ ORGANIK UGLERODI DINAMIKASI: IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA JARAYONLAR VA ASOSIY OMILLAR

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

M Akramova
Sarvinoz Majidova
Laylo Abidinova

Annotatsiya

Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida tuproq organik uglerodi dinamikasi, unga ta’sir etuvchi asosiy tabiiy va antropogen omillar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda, ayniqsa arid hududlar, jumladan Sirdaryo viloyati sharoitida tuproq uglerod zahiralarining o‘zgarish qonuniyatlari ko‘rib chiqilgan. Haroratning oshishi, namlik rejimining buzilishi va qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasida organik moddalarning parchalanishi tezlashib, tuproq unumdorligining pasayishiga olib kelishi aniqlangan. Shu bilan birga, resurs tejovchi agrotexnologiyalar, jumladan mulchalash, No-till va almashlab ekish tizimlari tuproq organik uglerodini saqlash va ko‘paytirishda samarali usul sifatida asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari iqlim o‘zgarishi sharoitida tuproq degradatsiyasining oldini olish va yer resurslaridan barqaror foydalanish bo‘yicha muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

M Akramova, Toshkent davlat agrar universiteti

tayanch doktorant

Sarvinoz Majidova, Toshkent davlat agrar universiteti

talaba

Laylo Abidinova, Toshkent davlat agrar universiteti

talaba