QURIGAN DENGIZ TUBI FLORASINI INVENTARIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN AMALDAGI METODLAR TAHLILI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada Orol dengizi qurigan tubining florasini inventarizatsiya qilishda qo‘llaniladigan amaldagi metodlar tahlil qilinadi. Flora global ekologik muvozanat, biologik xilma-xillik va inson hayotiy faoliyatining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga ega. Orolbo‘yi mintaqasida yuzaga kelgan yangi ekologik sharoitlar yuqori sho‘rlanish, changli atmosfera, sug‘orish cheklovlari va iqlimning keskinligi bu hudud florasining o‘ziga xos tarkib va omon qolish strategiyalarini shakllantirmoqda. Tadqiqotda dala kuzatuvlari, masofaviy zondlash, UAV texnologiyasi, NDVI tahlillari, GIS tizimi va sun’iy intellekt modellarining taqqoslamali tahlili asosida ularning samaradorligi baholangan. Xususan, CNN (konvolyutsion neyron tarmoq) modellarining katta hududlarda turlarni tez va avtomatik aniqlashdagi imkoniyatlari ajratib ko‘rsatilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Orolbo‘yi kabi ekstremal sharoitda floristik monitoring va inventarizatsiyani amalga oshirishda integratsiyalashgan zamonaviy metodlar eng yuqori samaradorlikni beradi. Mazkur maqola “Yashil makon”, rekultivatsiya siyosati va biologik xilma-xillikni tiklash bo‘yicha amaliy qarorlar uchun ilmiy asos yaratishga xizmat qiladi.