FUNGITSIDLARNI QRIM QARAG‘AYINING URUG‘, MAYSA CHIRISHI, NIHOLLARNI YOTIB QOLISHI VA NOBUD BO‘LISHI KASALLIGI (DAMPING-OFF) QO‘ZG‘ATUVCHILARIGA SAMARADORLIGINI BAHOLASH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Albert Xakimov
Mirakbar Zuparov
Muhiddin Mamiev
G‘ayrat Jumanazarov
Shaxnoza Gulmurodova

Annotatsiya

Qrim qarag‘ayi muhim ahamiyatga ega manazarali daraxtlardan bo‘lib, ko‘chatxonalarda uning urug‘i va nihollari turli fitopatogen zamburug‘lar ta’sirida kasallanadi. Ayniqsa, damping-off (urug‘ va maysa chirishi, nihollarning yotib qolishi va nobud bo‘lishi) kasalligi ko‘chatxonalarda keng tarqalgan bo‘lib, katta iqtisodiy zarar keltiradi. Ushbu tadqiqotda Qrim qarag‘ayi urug‘ va nihollarida kasallik qo‘zg‘atuvchi Fusarium brachygibbosum (№32) va F.proliferatum (№36) shtammlariga qarshi urug‘dorilagich fungitsidlarning samaradorligi in vitro sharoitida baholangan. Tajribada Maksim XL, Sinkler va Vitavaks 200 FF fungitsidlari 0,05%, 0,1% va 0,15% konsentratsiyalarda qo‘llanilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, fungitsidlarning mitseliy o‘sishini ingibirlash darajasi preparat turi, konsentratsiyasi va ta’sir muddatiga bog‘liq holda farq qilgan. Eng yuqori samaradorlik Vitavaks 200 FF va Sinkler fungitsidlarida qayd etilgan. Xususan, 0,1- 0,15% konsentratsiyalarda ular mitseliy o‘sishini 92,3-99% gacha ingibirlagan. Olingan natijalar ushbu fungitsidlarning samaradorligini baholash va keyingi dala tadqiqotlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Albert Xakimov, Toshkent davlat agrar universiteti

dotsent, PhD

Mirakbar Zuparov, Toshkent davlat agrar universiteti

professor, biologiya fanlari nomzodi

Muhiddin Mamiev, Toshkent davlat agrar universiteti

professor, biologiya fanlari nomzodi

G‘ayrat Jumanazarov, Toshkent davlat agrar universiteti

dotsent, PhD

Shaxnoza Gulmurodova, Toshkent davlat agrar universiteti

katta o‘qituvchi, PhD