MOMORDICA CHARANTIA L. DORIVOR XOMASHYOSIDA BIOLOGIK FAOL MODDALARNING TOʻPLANISHI VA EKOLOGIK SHAROITLAR BILAN BOGʻLIQLIGI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqolada Momordica charantia L. dorivor oʻsimligining bioekologik xususiyatlari hamda turli ekologik sharoitlarda biologik faol moddalarning toʻplanish qonuniyatlari oʻrganildi. Tadqiqot obyekti sifatida oʻsimlikning vegetativ va generativ organlari tanlab olinib, Botanika bogʻi hamda Olmaliq shahri sharoitida yetishtirilgan namunalar asosida ekologik omillarning ta’siri tahlil qilindi. Fitokimyoviy tahlillar natijasida oʻsimlik xomashyosida flavonoidlar, alkaloidlar, saponinlar, glikozidlar va fenol birikmalarning mavjudligi aniqlandi. Biologik faol moddalarning miqdori oʻsimlikning vegetatsiya bosqichlariga va ekologik sharoitlarga bogʻliq holda sezilarli darajada oʻzgarishi qayd etildi. Ekologik stress sharoitlarida ayrim ikkilamchi metabolitlar sintezining kuchayishi aniqlanib, bu holat oʻsimlikning moslashuvchan himoya mexanizmlari bilan izohlandi. Olingan natijalar Momordica charantia L. ning dorivor xomashyo sifatidagi ahamiyatini asoslab, uni yetishtirish va yigʻish uchun eng qulay ekologik sharoit va vegetatsiya bosqichlarini aniqlash imkonini berdi.