O‘RMON BIOTSENOZIDA LEPIDOPTERA TURKUMI BIOEKOLOGIYASI, TROPIK TARQALISHI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Botir Sulaymonov

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston o‘rmon biotsenozlarida Lepidoptera turkumiga mansub fitofag hasharotlarning bioekologik xususiyatlari, populyatsiyasi, tropik aloqalari va daraxt turlari bo‘yicha dominantlik darajasi tahlil qilingan. Ilmiy kuzatishlar natijasida o‘rmon biotsenozida 19 ta fitofag turi aniqlanib, ulardan 10 tasi yuqori dominant populyatsiyalarni tashkil etishi qayd etilgan. Lepidoptera vakillarining ontogenezi, ya’ni to‘liq metamorfoz asosida rivojlanishi va lichinka bosqichida fitofaglik xususiyati biotsenozdagi o‘simliklarga ko‘rsatayotgan ta’siri nuqtai nazaridan baholandi. Tadqiqot davomida biotsenozda fitofag hasharotlar populyatsiyasini tabiiy ravishda regulyatsiya qiluvchi 24 turdagi entomofag organizmlar mavjudligi aniqlanib, ularning biotsenotik muvozanatni saqlashdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, o‘rmon biotsenozida daraxt tanasida oziqlanib asosiy rivojlanish bosqichlarini o‘taydigan (endobiont turlar) bioekologiyasi, hayot sikli, generatsiya davomiyligi va populyatsion dinamikasi o‘rganilgan. Olingan natijalar o‘rmon va agrobiotsenozlar o‘rtasidagi ekologik aloqalar, fitofaglarning migratsiyasi va adaptatsiya mexanizmlarini ochib beradi. Tadqiqot natijalari o‘rmon biotsenozlarining barqarorligini ta’minlash, bioxilmaxillikni saqlash va fitofag hasharotlarni tabiiy boshqariluv mehanizimi nazariy tizimini ishlab chiqishda muhim ilmiy ahamiyatga ega. 

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Muallif haqida

Botir Sulaymonov, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti

rektor maslahatchisi, biologiya fanlari doktori, akademik