TURLI BALANDLIK VA QIYALIKLARDA YETISHTIRILGAN MЕVALARNING MORFOLOGIK KO‘RSATKICHLARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqolada dengiz sathidan 1050 metr va 1250 metr balandlik sharoitida yetishtirilgan olma, nok olxo‘ri va bodom navlarining morfologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy tahlilar o‘tkazilgan. Tadqiqotlar natijasida meva og‘irligi, uzunligi va kengligi kabi biometrik o‘lchovlar balandlik ta’sirida turlicha shakllanishi aniqlangan. Olma navlaridan Golden 1050 metr balandlikda mevalari yirikligi bo‘yicha ustunlik qilgan bo‘lsa, Starkrimson 1250 metr sharoitda nisbatan barqaror va yuqori morfologik ko‘rsatkichlarni namoyon etgan. Nokning Lesnaya krasavitsa navi har ikki balandlikda ham yuqori ko‘rsatgichlar qayd qilinib, ayniqsa 1250 metr sharoitda meva yirikligi yuqori ekanligi kuzatilgan. Bodom navlarida 1250 m balandlikda Bo‘stonliq navi eng yuqori biometrik ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Olingan natijalar balandlik omillarining meva shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va tog‘li hududlarda navlarni ilmiy asosda joylashtirish zarurligini ifoda etgan.