KARTOSHKANING ALTERNARIOZ KASALLIGI VA UNGA QARSHI KURASH (SHARH)
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Alternaria turkumiga mansub zamburug‘lar keltirib chiqaradigan kasalliklar butun dunyo bo‘ylab ko‘plab o‘simliklarning eng keng tarqalgan va havfli kasalliklaridan biri hisoblanadi. Mazkur zamburug‘lar birinchi navbatda bir yillik o‘simliklarni, ayniqsa sabzavot ekinlarini, shuningdek, mevali daraxtlarning barglarini, poyasini, gullarini hamda mevalarini zararlaydi. Alternaria zamburug‘larining turli o‘simliklarda keltiradigan zarari har qanday patogen keltirib chiqaradigan, hosildorlikning eng yuqori yo‘qotishlari qatoriga kiradi. Ushbu sharhda kartoshka o‘simligining alternarioz kasalligi haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, unda mazkur kasallikning qo‘zg‘atuvchisi, tarqalishi, rivojlanishi va hosildorlikka ta’siri hamda unga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumotlar keltirildi. Dunyo fitopatolog olimlarining bergan ma’lumotlarini chuqur taxlil qilganimizda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Alternaria solani zamburug‘i kartoshkaning barcha yashil qismini hamda tuganaklarini zararlaydigan eng asosiy patogenlaridan biri hisoblanadi. Kasallikning rivojlanishi uchun havo harorati 22-26 oC gacha bo‘lishi optimal hisoblanadi. Kasallikning kuchli rivojlanishi natijasida hosildorlik 5-78 % gacha kamayishi mumkin.