OIDIUM (UN-SHUDRING) KASALLIGINING TARQALISHI VA KELTIRADIGAN ZARARI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Maqolada 2019-2021 yillarda Respublikamizning Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari tokzorlarida oidium kasalligini tarqalishi va keltiradigan zarari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tokning oidium kasalligi Toshkent viloyati tokzorlarida keng tarqalganligi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari tokzorlarini o‘rtacha darajada zarar keltirishi aniqlangan. Jumladan: Toshkent viloyati tokzorlarida oidium bilan kasallanish barglarda 15,5% dan 56,6% gacha, novdalarda 10,5% dan 38,4% gacha va uzum boshlarida 18,5 % dan 51,5% gachani, Samarqand viloyatida kasallanish barglarda 18,2% dan 36,0% gacha, novdalarda 10,8% dan 18,2% gacha va uzum boshlarida 14,5 % dan 31,8% gacha va Farg‘ona viloyatida kasallanish barglarda 16,5% dan 35,6% gacha, novdalarda 10,0% dan 21,4% gacha va uzum boshlarida 14,4 % dan 32,6% gachani tashkil etgan.