MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR UCHUN YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Mazkur maqolada muhofaza etiladigan hududlar uchun yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishning ahamiyati hamda ularning ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Xususan, yer tuzish jarayonining hududiy chegaralarni aniqlash, funksional zonalashni amalga oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish va antropogen bosimni kamaytirishdagi roli tahlil qilingan.Maqolada alohida e’tibor bufer zonalarda yer tuzishni takomillashtirish masalalariga qaratilgan bo‘lib, ilmiy asoslangan hududiy rejalashtirish, ekologik cheklovlarni kadastr tizimiga integratsiya qilish, barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yaylov yuklamasini me’yorlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda GIS va raqamli monitoring tizimlarini joriy etish kabi chora-tadbirlar asoslab berilgan.