QASHQADARYO VILOYATI QAMASHI TUMANI LALMI TIPIK BO‘Z TUPROQLARINING SINGDIRISH SIG‘IMI VA SINDIRILGAN KATIONLAR TARKIBI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Nilufar Shadiyeva
Xulkar Toshkanova
Laylo Abidinova
Sarvinoz Majidova

Annotatsiya

Maqolada lalmi tipik bo‘z tuproqlarda an’anaviy ishlov berish va No-Till texnologiyasi sharoitida singdirish sig‘imi va singdirilgan kationlar tarkibiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Singdirish sig‘imi 10,5–12,7 mg/ekv/100 g oralig‘ida bo‘lib, No-Till sharoitida nisbatan yuqori qiymatlar kuzatilgan. Tuproq quyi qatlamlar bo‘ylab chuqurlashgan sari bu ko‘rsatkich kamayib borgan. Singdirilgan kationlar tarkibida Ca²⁺ yetakchi o‘rinni egallab, uning ulushi 53–64 % ni tashkil etgan. Bu tuproq strukturasi va agregatlarning barqarorligini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Mg²⁺ ulushi 29–40 % oralig‘ida bo‘lib, Ca²⁺ bilan muvozanatda mavjudligi qayd etilgan. K⁺ miqdori past darajada (2–4 %) bo‘lib, tuproqning mineral tarkibi bilan izohlanadi. Na⁺ ulushi 3–5 % ni tashkil etib, tadqiqi etilgan tuproqning sho‘rlanmagan. No-Till texnologiyasi joriy etilgan maydonlarda singdirish sig‘imini oshirib, tuproqning fizik-kimyoviy barqarorligini yaxshilagan. Natijada ushbu usul lalmi yerlarda unumdorlikni saqlash va barqaror dehqonchilikni rivojlantirishda samarali ekanligi aniqlangan.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Nilufar Shadiyeva, Toshkent davlat agrar universiteti

professor

Xulkar Toshkanova, Toshkent davlat agrar universiteti

tayanch doktorant

Laylo Abidinova, Toshkent davlat agrar universiteti

talaba

Sarvinoz Majidova, Toshkent davlat agrar universiteti

talaba