GOSSYPIUM HIRSUTUM L. TURIGA MANSUB “ITPITI-101” G‘O‘ZA NAVINING BIRINCHI YILGI URUG‘LIK (0,30 GA) KO‘CHATZORINI TASHKIL ETISH VA UNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Najmiddin Ochildiyev
Abdurashid Hudaynazarov
Yulduz Choriyeva
Rustam Raximov

Annotatsiya

Maqolada Gossypium hirsutum L. turiga mansub “ITPITI-101” g‘o‘za navining birinchi yilgi urug‘lik (0,30 ga) ko‘chatzorini tashkil etish va uning samaradorligini baholash natijalari keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi mazkur nav bo‘yicha birlamchi urug‘chilik tizimida nav tozaligini saqlash, morfologik va xo‘jalikka foydali belgilarining barqarorligini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Birinchi yilgi urug‘lik (0,30 ga) ko‘chatzorida agrotexnik tadbirlar belgilangan talablar asosida amalga oshirilib, dala ko‘rigi va aprobatsiya ishlari o‘tkazildi. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, nav tozaligi, xosildorlik hamda urug‘lik paxta sifat ko‘rsatkichlari baholandi. Birlamchi urug‘chilik jarayonida individual tanlash, morfologik aprobatsiya va dala ko‘riglarini o‘tkazish tadbirlari amalga oshirildi. Nav tozaligi 98,6-99,2 %, urug‘lik paxta hosildorligi 46,5-47,2 s/gani, urug‘lik paxta chiqimi esa gektaridan 18 sentnerni tashkil etdi. Tola chiqishi 38,5-40,2 %, tola uzunligi 37,2-38,3 mm bo‘ldi. Natijalar navning genetik barqarorligi va yuqori mahsuldorligini tasdiqlaydi. Natijalar “ITPITI-101” navining biologik xususiyatlari barqarorligi, yuqori nav tozaligi va xosildorlik salohiyatini tasdiqladi. Olingan ma’lumotlar ushbu nav bo‘yicha birlamchi urug‘chilik ishlarini samarali tashkil etish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

Bo‘lim

Maqolalar

Mualliflar haqida

Najmiddin Ochildiyev, Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining “Birlamchi urug‘chilik va urug‘shunoslik” laboratoriyasi

mudir, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim

Abdurashid Hudaynazarov, Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti

tayanch doktorant

Yulduz Choriyeva, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining Termiz nav sinash stansiyasi

agronom, kichik ilmiy xodim

Rustam Raximov, Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti

stajyor tadqiqotchi