“TOMORQA XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN AHOLINI RIVOJLANISHINING YANGI BOSQICHI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, uning qabul qilinishi sabablari hamda aholi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga koʻrsatayotgan taʻsiri tahlil qilingan. Qonunda tomorqa xoʻjaligini yuritishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari belgilab berilgan boʻlib, u aholi bandligini taʻminlash, oilaviy daromadlarni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadqiqot jarayonida tomorqa xoʻjaliklarining qishloq va shahar aholisi turmush darajasini yaxshilashdagi oʻrni, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari hamda qonunning amaliy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur qonun aholining tadbirkorlik faolligini oshirish, qishloq hududlarida barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʻminlashda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.