FARG‘ONA VODIYSI SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN YER MAYDONLARI TUPROQLARIDAGI GUMUS, HARAKATCHAN FOSFOR VA ALMASHINUVCHI KALIY TA’MINLANGANLIK MIQDORI BO‘YICHA AGROKIMYOVIY XARITOGRAMMALAR TUZISH (FARG‘ONA VILOYATI DANG‘ARA TUMANI TUPROQLARI MI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Annotatsiya
Qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yеr maydonlarining har yili 20% dan kam bo‘lmagan maydonlarida agrokimyoviy izlanishlarni o‘tkazish asosida tuproqlarning gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash va shu asosida qishloq xo‘jalik ekinlarining yillik mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy asosini ishlab chiqishga qaratilgan. Buning natijasida tuproqlar unumdorligi, ekinlar hosildorligi va tabiatda oziqa elementlar muvozanatini ijobiy bo‘lishiga imkon yaratiladi.
Parvarishlanadigan o‘simliklar oziqlanish jarayonida tuproq o‘g‘it bilan, tuproq+o‘simlik o‘g‘it bilan, tuproq+o‘g‘it o‘simlik bilan o‘zaro bog‘lanadi. Mazkur jarayon quyidagi ob’ektlarning o‘zaro ta’sir natijasida olinadigan hosilning miqdorini va sifatini belgilaydi. “Tuproq-o‘simlik-o‘g‘it” orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish asosidagina ekinlarning mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy asoslangan yillik me’yorlarini belgilash maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda butun dunyoda, shu jumladan respublikamizda ham intensiv dehqonchilik rivojlanib, yangi bosqichga chiqdi va shu narsa aniq bo‘ldiki, еr kurrasining barcha miqtaqalarida asosan o‘simliklar tuproq (99,6%) sharoitida еtishtiriladi. Shuning uchun ham har bir gektardan olinadigan hosil miqdorini oshiribgina aholini xavfsiz ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash mumkin ekanligi ilmiy asoslandi. Bu esa zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanish orqali ekinlar hosildorligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi.
Mineral o‘g‘it qo‘llashdan oldin tuproqlar tarkibidagi o‘simlik ildizi joylashgan, ya’ni tuproqlarning haydov qatlamida tarqalgan oziqa elementlarning (N, P, K, ... va boshqalar) harakatchan shakldagi miqdorlarini bilib olish zarur. Chunki ekinlardan yuqori hosil olish uchun tuproqlar tarkibida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq elementlarning еtishmaydigan qismini mineral o‘g‘itlar hisobidan to‘ldiriladi.
Shuning uchun mineral o‘g‘itlarning yillik me’yorlarini belgilashda agrokimyoviy xaritanomalar asosida belgilash va ushbu tizimni yana qaytadan yo‘lga qo‘yish juda muhim hisoblanadi. Agrokimyoviy xaritanomalar asosida o‘g‘it me’yorlarini belgilash, nafaqat ekinlar hosildorligini, balki, tuproqlar unumdorligini hamda o‘g‘it samardorligini ham ko‘taradi, pirovardida barcha еrdan foydalanuvchilarning iqtisodi tejaladi, sug‘orma dehqonchilik qilinayotgan ekin yеr maydonlarini unumdorligi saqlanadi va tabiatda oziqa elementlar muvozanati yildan-yilga yaxshilanadi.
Ma’lumki, keyingi yillarda g‘o‘za va kuzgi bug‘doy ekinlari katta maydonlarda еtishtirilmoqda va ularning hosillari bilan tuproqlar tarkibdan ko‘plab oziqa elementlar chiqib ketmoqda. Faqatgina ildiz va to‘kilgan barglar tarkibidagi oziqa elementlar tuproqlar tarkibiga qaytmoqda. Bunday hollarda tuproqlarga еtarli miqdorda mineral va mahalliy o‘g‘itlar qo‘llanilmasa, olib chiqib ketilayotgan oziqa elementlarining o‘rni to‘ldirilmay qoladi va uning natijasida tuproqlar unumdorligiga jiddiy ta’sir o‘tkazib ularning unumdorligini pasayib ketishiga olib keladi.
Tuproqlarning xossa-xususiyatlarini, ya’ni fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik jarayonlarini aniqlash – dexqonchilikda qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlardan samarali va oqilona foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, tuproqlar tarkibidagi oziqa elementlarning umumiy miqdorini o‘simliklar qiyin o‘zlashtiradi va ularning umumiy shakldan oson o‘zlashtiradigan shaklga o‘tishi hamda sodir bo‘ladigan teskari jarayon o‘simliklarning oziqlanish sharoitini belgilaydi.
Tuproq tarkibida o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan oziqa moddalar miqdori ko‘p bo‘lsa, o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamayadi, aks holda ko‘proq o‘g‘it qo‘llashni taqazo etadi. Oziqlanish jarayonida o‘simlik, tuproq va o‘g‘it o‘rtasida uzviy bog‘liqlik yaqqol namoyon bo‘ladi.