УЎТ: 631.312 180-maqola

TUPROQ YUZASIGA ISHLOV BERISH QUROLINING ASOSIY O‘LCHAMLARINI ANIQLASH

Abduraxmonov Urol Nurmatovich

Abstract

Maqolada ko‘p faktorli tajribalarni rejalashtirishning matematik usuli bilan yumshatgich tishlarining uzunligi va oraliq masofasi, osma mexanizm yuklagichi (yuklama beruvchi prujina) taranglik kuchi va qattiqligi, shuningdek, eng kam tortishga qarshilik kuchini sarflab tuproqqa ishlov berish chuqurligi va uning uvalanish darajasini talab darajasida ta’minlaydigan agregatning harakat tezligi aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra yumshatgichning quyidagi o‘lchamlarida eng kam energiya sarflagan holda talab etilgan darajada tuproqqa sifatli ishlov berish ta’minlanadi: yumshatgich tishlarining uzunligi Lt -130 mm, tishlar orasidagi masofa a-55 mm, yuklama beruvchi prujinaning taranglik kuchi -350 N va uning qattiqligi Z- 40,0 N/sm, shuningdek agregatning harakat tezligi V -2 m/s.

Keywords: borona, yumshatgich, yumshatgich tishi, kesak, parallelogramli mexanizm, tirkama, kesakning ezilishi, uvalanish darajasi, tajriba, omil, matematik rejalashtirish

How to cite

GOSTAbduraxmonov U.N. TUPROQ YUZASIGA ISHLOV BERISH QUROLINING ASOSIY O‘LCHAMLARINI ANIQLASH // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2023. – №6 (96). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/3157/.
APAAbduraxmonov U.N. (2023). TUPROQ YUZASIGA ISHLOV BERISH QUROLINING ASOSIY O‘LCHAMLARINI ANIQLASH. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 96(6). https://agrokarantin.uz/articles/3157/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №6 [96], 2023 Published: 07.04.2026