SUG’ORILADIGAN BO’Z TUPROQLARDA GUMUSINING GURUHIY TARKIBI HAMDA UNGA TURLI XIL OMILLARNING TA’SIRI
Abstract
Tuproq unumdorligining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri gumus miqdori va uning guruhiy tarkibi hisoblanadi. Gumus holatiga turli xil tabiiy va antropogen omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi va bular ta’sirlarida gumusning guruhiy tarkibi shakllanadi. Xatirchi tumani bo’z tuproqlar mintaqasining turli xil tuproq tiplarida tuproq hosil qiluvchi omillarning ta’sirida gumus miqdori va uning guruhiy tarkibi turlicha shakllanadi. Xatirchi tumani bo’z tuproqlar mintaqasining tuproq tiplarida gumus miqdori tuproq profili bo‘ylab tepadan pastga qarab kamayib, uning sifati o’zgarib boradi. Eskidan sug’oriladigan tuproqlarda sug‘orish davomiyligi ta’sirida gumus miqdori va sifati yangitdan sug’oriladigan tuproqlarga nisbatan ijobiy tomonga o‘zgardi.
Keywords: bo’z tuproqlar mintaqasi, tipik bo’z, och tusli bo’z va o’tloq bo’z tuproqlar, sugʻorish davri, gumus miqdori, gumus guruhiy tarkibi, tuproq oziqa moddalarining tarkibi va miqdori, yetishtiriladigan ekinlar