146-maqola

ZARARKUNANDALARGA QARSHI KURASHDA YANGICHA YONDASHUV: ENTOMOPATOGEN NEMATODALAR ASOSIDAGI ZAMONAVIY IPM DASTURLARI

Qurbonova Nafosat Sattor qizi
Xaytmuratov Arslonbek Fayzullayevich

Abstract

Ushbu tahliliy maqolada zararkunandalarga qarshi kurashda zamonaviy integratsiyalashgan o‘simliklarni himoya qilish (IPM) dasturlarining ahamiyati va ularning samaradorligini oshirishda entomopatogen nematodalarning o‘rni har tomonlama yoritib beriladi. IPMning asosiy tamoyillari, xususan, ekologik xavfsizlik, iqtisodiy tejamkorlik, mahalliy sharoitga moslashuvchanlik va amaliylik kabi jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, IPM dasturlarining turli komponentlari, jumladan, monitoring, qaror qabul qilish mexanizmlari (“sariq”, “yashil” va “qizil” ro‘yxatlar) va biologik kurash vositalaridan foydalanish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, O‘zbekiston sharoitida kartoshka ekinidagi kuzgi tunlami va simqurtiga qarshi kurashda entomopatogen nematodalar asosidagi IPM dasturining iqtisodiy samaradorligi misolida bu yondashuvning amaliy jihatlari ochib beriladi.

Keywords: integratsiyalashgan o‘simliklarni himoya qilish (IPM), entomopatogen nematodalar, biologik kurash, zararkunandalarga qarshi kurash, ekologik xavfsizlik, iqtisodiy samaradorlik

How to cite

GOSTQurbonova N.S., Xaytmuratov A.F. ZARARKUNANDALARGA QARSHI KURASHDA YANGICHA YONDASHUV: ENTOMOPATOGEN NEMATODALAR ASOSIDAGI ZAMONAVIY IPM DASTURLARI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2024. – №105 (104). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/3079/.
APAQurbonova N.S., Xaytmuratov A.F. (2024). ZARARKUNANDALARGA QARSHI KURASHDA YANGICHA YONDASHUV: ENTOMOPATOGEN NEMATODALAR ASOSIDAGI ZAMONAVIY IPM DASTURLARI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 104(105). https://agrokarantin.uz/articles/3079/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 Maxsus son 5 [104], 2024 Published: 20.10.2025