UO‘K: 595.7:634.743

Zarafshon vohasi sharoitida chakanda (Hippophae rhamnoides L.) o'simligi entomofaunasining tur tarkibi va biotoplar bo'yicha tarqalishi

Malikov Dilshod Boymurod o‘g‘li iD

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika inistituti

e-mail: [email protected]

Annotatsiya. Maqolada Zarafshon vohasi sharoitida tabiiy holda o'suvchi dorivor o'simlik — chakanda (Hippophae rhamnoides L.) bilan trofik jihatdan bog'liq bo'lgan entomofauna va akarofaunaning tur tarkibi hamda uning ekologik guruhlari tahlil etilgan. 2023–2026 yillar davomida Zarafshon daryosi havzasi bo'ylab tashkil etilgan 7 ta ko'rsatkichli punkt va 10 ta doimiy kuzatuv stansiyasida olib borilgan dala tadqiqotlari natijasida chakandaning ildiz, poya, barg, gul va meva organlarida rivojlanuvchi 11 tur (turkumga oid taksonlar) qayd etildi, ulardan 10 tasi zararkunanda, 1 tasi esa tabiiy entomofag (Syrphidae) hisoblanadi. Aniqlangan turlar 5 turkumga (Diptera, Hemiptera, Acari, Lepidoptera, Coleoptera) mansub bo'lib, asosiy iqtisodiy zarar keltiruvchi turlar sifatida karpofag Rhagoletis batava, fillofag Capitophorus hippophaes hamda gall hosil qiluvchi Aceria hippophaena ajralib turadi. Olingan natijalar xorijiy — xususan Sharqiy Osiyo (Xitoy), Yevropa va Qozog'iston — hududlarida o'tkazilgan tadqiqotlar ma'lumotlari bilan qiyoslandi. Qiyosiy tahlil shuni ko'rsatdiki, Sharqiy Osiyoda ksilofag turlar (Deserticossus hippophaecolus, Holcocerus arenicola) yetakchi zarar manbai hisoblansa, Zarafshon vohasida karpofag va fillofag turlar ustunlik qiladi, bu esa mintaqaviy ekologik sharoitlarga bog'liq holda chakanda entomofaunasi tarkibining farqlanishini tasdiqlaydi.

Kalit so'zlar: Hippophae rhamnoides, entomofauna, Zarafshon vohasi, Rhagoletis batava, Capitophorus hippophaes, Aceria hippophaena, biotop, ekologik guruh, zararkunanda.

SPECIES COMPOSITION OF THE ENTOMOFAUNA OF SEA BUCKTHORN (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) AND ITS DISTRIBUTION ACROSS BIOTOPES UNDER THE CONDITIONS OF THE ZARAFSHAN OASIS

Abstract. The article presents an analysis of the species composition and ecological groups of the entomofauna and acarofauna trophically associated with sea buckthorn (Hippophae rhamnoides L.), a medicinal plant growing naturally under the conditions of the Zarafshan oasis. Field studies conducted from 2023 to 2026 at 7 indicator points and 10 permanent monitoring stations established along the Zarafshan river basin revealed 11 species (taxa belonging to different genera) developing on the root, stem, leaf, flower, and fruit organs of sea buckthorn, of which 10 are pest species and 1 is a natural entomophage (Syrphidae). The identified species belong to 5 orders (Diptera, Hemiptera, Acari, Lepidoptera, Coleoptera); among them, the carpophagous species Rhagoletis batava, the phyllophagous species Capitophorus hippophaes, and the gall-forming species Aceria hippophaena stand out as the main sources of economic damage. The results obtained were compared with data from studies conducted in foreign regions — specifically East Asia (China), Europe, and Kazakhstan. The comparative analysis showed that, whereas xylophagous species (Deserticossus hippophaecolus, Holcocerus arenicola) constitute the leading source of damage in East Asia, carpophagous and phyllophagous species predominate in the Zarafshan oasis, confirming that the composition of the sea buckthorn entomofauna varies depending on regional ecological conditions.

Keywords: Hippophae rhamnoides, entomofauna, Zarafshan oasis, Rhagoletis batava, Capitophorus hippophaes, Aceria hippophaena, biotope, ecological group, pest.

ВИДОВОЙ СОСТАВ ЭНТОМОФАУНЫ ОБЛЕПИХИ (HIPPOPHAE RHAMNOIDES L.) И ЕЁ РАСПРОСТРАНЕНИЕ ПО БИОТОПАМ В УСЛОВИЯХ ЗАРАФШАНСКОГО ОАЗИСА

Аннотация. В статье проанализированы видовой состав и экологические группы энтомофауны и акарофауны, трофически связанных с облепихой (Hippophae rhamnoides L.) — лекарственным растением, произрастающим в естественных условиях Зарафшанского оазиса. В результате полевых исследований, проведённых в 2023–2026 гг. на 7 индикаторных пунктах и 10 постоянных станциях наблюдения, организованных вдоль бассейна реки Зарафшан, выявлено 11 видов (таксонов различных родов), развивающихся на корневых, стеблевых, листовых, цветочных и плодовых органах облепихи; из них 10 видов являются вредителями, а 1 вид — естественным энтомофагом (Syrphidae). Выявленные виды относятся к 5 отрядам (Diptera, Hemiptera, Acari, Lepidoptera, Coleoptera); среди них основными источниками экономического ущерба являются карпофаг Rhagoletis batava, филлофаг Capitophorus hippophaes и галлообразующий вид Aceria hippophaena. Полученные результаты сопоставлены с данными исследований, проведённых в зарубежных регионах — в частности, в Восточной Азии (Китай), Европе и Казахстане. Сравнительный анализ показал, что если в Восточной Азии основным источником вреда являются ксилофаги (Deserticossus hippophaecolus, Holcocerus arenicola), то в условиях Зарафшанского оазиса преобладают карпофаги и филлофаги, что подтверждает зависимость состава энтомофауны облепихи от региональных экологических условий.

Ключевые слова: Hippophae rhamnoides, энтомофауна, Зарафшанский оазис, Rhagoletis batava, Capitophorus hippophaes, Aceria hippophaena, биотоп, экологическая группа, вредитель.

KIRISH

Chakanda (Hippophae rhamnoides L.) o'zining boy biokimyoviy tarkibi va yuqori shifobaxsh xususiyatlari tufayli tabobat va oziq-ovqat sanoatida keng qo'llanilib kelinayotgan qimmatli dorivor o'simlik hisoblanadi. Zarafshon daryosi qirg'oqlari bo'ylab ushbu o'simlikning tabiiy populyatsiyalari saqlanib qolgan bo'lib, respublikamizning boshqa hech bir hududida chakanda shunday ko'lamda uchramaydi. Shu bilan birga, dunyo miqyosida iqlim o'zgarishi va antropogen omillarning kuchayishi natijasida chakandazorlarning fitosanitariya holati barqarorligiga tahdid soluvchi zararkunanda hasharotlar va kanalarning tarqalish dinamikasi o'zgarib bormoqda.

Xorijiy tadqiqotlarda chakanda entomofaunasining tarkibi va uning hosildorlikka ta'siri turli mintaqalarda keng o'rganilgan. Xususan, Yevropada chakanda pashshasi (Rhagoletis batava) mevaga yetkazadigan zarari (Būda va boshq., 2020; Mozūraitis va boshq., 2020), Xitoyning Sinjan-Uyg'ur mintaqasida esa ksilofag kapalaklar — Cossus cossus va Holcocerus arenicola turlarining poya va ildizga yetkazadigan zarari (Li va boshq., 2024; Nie va boshq., 2025) alohida iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan. Shunga qaramay, Zarafshon vohasi sharoitida chakanda entomofaunasining to'liq tur tarkibi, uning ekologik guruhlarga taqsimlanishi va biotoplar bo'yicha tarqalish xususiyatlari hozirgacha kompleks tarzda tadqiq etilmagan edi.

Ushbu maqolaning maqsadi — Zarafshon vohasi sharoitida chakanda o'simligi bilan trofik jihatdan bog'liq bo'lgan hasharotlar va kanalarning tur tarkibini aniqlash, ularni ekologik guruhlarga (zararkunanda/entomofag) ajratish hamda olingan natijalarni xorijiy mintaqalarda o'tkazilgan tadqiqotlar ma'lumotlari bilan qiyosiy tahlil qilishdan iborat.

Tadqiqot hududi va ob'ektlari. Tadqiqotlar 2023–2026 yillar davomida Zarafshon daryosi havzasining o'ng qirg'og'i bo'ylab joylashgan tabiiy va ikkilamchi biotoplarda olib borildi. Tadqiqot hududi dengiz sathidan 800 m (daryoning yuqori qismi, Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh o'tish hududlari) dan 700 m gacha (Cho'ponota tizmasi atrofi) bo'lgan balandlik gradiyentini qamrab oladi. Tadqiqotning asosiy vaqf o'simligi sifatida chakanda (Hippophae rhamnoides L.) va uning turli organlari (ildiz, yog'ochlashgan poya, barg, gul va mevalari), shuningdek ushbu o'simlik bilan konsortiv aloqada bo'lgan entomofauna va akarofauna vakillari tanlab olindi.

Namuna olish stansiyalari va davriyligi. Tadqiqot hududi bo'ylab biotsenotik ko'rsatkichlar va geografik joylashuvni hisobga olgan holda 7 ta asosiy ko'rsatkichli punkt va daryo oqimi bo'ylab 10 ta doimiy kuzatuv stansiyasi belgilab olindi. Tadqiqot davomiyligi — 2023–2026 yillarning vegetatsiya davrida (aprel–oktyabr oylari) har yili muntazam ravishda dala monitoringi o'tkazildi. Har bir stansiyada 1,5 sutkalik ekspeditsiyalar tashkil etilib, o'simlik organlarining zararlanish darajasi va hasharotlar hamda kanalarning mavsumiy dinamikasi o'rganildi.

Entomologik va akarologik yig'ish metodikasi. Hasharotlar va kanalarni yig'ish hamda namuna olishda klassik entomologik va akarologik metodikalardan (Fasulati, 1971; Bey-Biyenko, 1980) foydalanildi:

1) Barg, gul va yosh novda zararkunandalari: vizual ko'rik, entomologik to'r yordamida urib olish (shrot) hamda shoxlarni shablon ramkalarga qoqib tushirish usullari qo'llandi. So'ruvchi zararkunandalar (Capitophorus hippophaes, Nezara viridula) va gall hosil qiluvchi kanalar (Aceria hippophaena) uchragan barg va novdalardan fiksatsiyalangan preparatlar tayyorlandi.

2) Poya va ildiz zararkunandalari (ksilofaglar): Cossus cossus turining lichinkalarini aniqlash uchun poya hamda ildiz bo'g'izlaridagi kirish teshiklari va yog'och unlari tahlil qilindi, zararlangan poyalar yorib ko'rildi.

3) Meva zararkunandalari: Rhagoletis batava pashshasining zararini baholash uchun pishish davridagi mevalardan proportsional namunalar yig'ilib, laboratoriya sharoitida g'umbaklanish darajasi kuzatildi.

4) Entomofaglar: ksilofag kapalaklar qurtlaridan parazitoidlarni ajratib olish maqsadida daladan yig'ilgan zararlangan poya bo'laklari va qurtlar laboratoriya sharoitida maxsus entomo-kasetalarda o'stirildi.

Taksonomik identifikatsiya va statistik tahlil. To'plangan materiallar laboratoriya sharoitida MBS-10 stereomikroskop va zamonaviy raqamli mikroskoplar yordamida morfometrik tahlil qilindi. Turlarning taksonomik mansubligi Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari faunasi bo'yicha tegishli taksonomik aniqlagichlar hamda monografik manbalar yordamida tur darajasigacha aniqlandi. Olingan ma'lumotlar balandlik ko'rsatkichlari (800 m va 700 m) hamda daryo bo'yi punktlari bo'yicha nisbiy ko'p uchrash indeksi (dominantlik darajasi) asosida statistik guruhlandi.

Natijalar Zarafshon vohasida qayd etilgan tur tarkibi

O'tkazilgan dala tadqiqotlari natijasida Zarafshon vohasi hududida chakanda o'simligi bilan bevosita trofik aloqada bo'lgan 11 taksonomik birlik qayd etildi, ulardan 10 tasi zararkunanda, 1 tasi esa foydali entomofag hisoblanadi (1-jadval). Aniqlangan turlar 5 turkumga (Diptera, Hemiptera, Acari, Lepidoptera, Coleoptera) mansub bo'lib, oziqlanish xarakteriga ko'ra karpofag (Rhagoletis batava), fillofag (Capitophorus hippophaes, Euproctis chrysorrhoea, Curculionidae vakillari), gall hosil qiluvchi (Aceria hippophaena) hamda ksilofag (Cossus cossus) guruhlarga taqsimlangan.

1-jadval. Zarafshon vohasida chakanda o'simligida qayd etilgan taksonlar

Turkum

Tur nomi

Oziqlanish tipi

Zararlanadigan organ

Ekologik guruhi

Diptera

Rhagoletis batava

Monofag/oligofag, karpofag

Meva

Zararkunanda

Hemiptera (Homoptera)

Capitophorus hippophaes

Oligofag, fillofag

Yosh novda va barg

Zararkunanda

Acari

Aceria hippophaena

Monofag/oligofag, fillofag (gall hosil qiluvchi)

Barg va kurtak

Zararkunanda

Hemiptera

Nezara viridula

Polifag, so'ruvchi

Barg va meva

Zararkunanda (fakultativ)

Coleoptera

Chrysomela populi

Oligofag/polifag (fakultativ)

Barg

Zararkunanda (fakultativ)

Lepidoptera

Cossus cossus

Polifag, ksilofag

Poya va tana (yog'ochlik)

Zararkunanda

Lepidoptera

Euproctis chrysorrhoea

Polifag, fillofag

Barg (defoliatsiya)

Zararkunanda

Hemiptera (Homoptera)

Macropsis

turkumi vakillari

Oligofag, so'ruvchi

Novda po'stlog'i

Zararkunanda

Hemiptera (Homoptera)

Philaenus spumarius

Polifag, so'ruvchi

Barg va shox

Zararkunanda

Coleoptera

Curculionidae oilasi vakillari

Polifag

Kurtak va yosh barg

Zararkunanda

Diptera

Syrphidae oilasi vakillari

Entomofag (zoofag)

Shiralar bilan oziqlanadi

Foydali (kushanda)

Chrysomela populi (terak bargxo'ri) va Nezara viridula (yashil qandala) kabi keng polifag turlar chakandada asosiy emas, balki fakultativ oziqlanish xususiyatini namoyon etadi — bu turlar odatda boshqa o'simliklarda (jumladan tolzorlarda) rivojlanib, chakandaga faqat ma'lum sharoitlarda (yondosh o'simliklarning yetishmasligi, mavsumiy migratsiya) o'tadi.

Xorijiy mintaqalarda o'rganilgan qiyosiy turlar

Dissertatsiyaning adabiyotlar tahlili qismida keltirilgan xorijiy manbalarga ko'ra, chakanda entomofaunasi tarkibiga Sharqiy Osiyo (Xitoy), Yevropa va Qozog'iston chakandazorlarida qayd etilgan, biroq tadqiqot davomida Zarafshon vohasida uchramagan yoki kam uchraydigan yana 9 ta takson kiradi (2-jadval). Ushbu ma'lumotlar dissertatsiyaning qiyosiy adabiyotlar tahlili qismida xorijiy tajriba sifatida keltiriladi va mintaqalararo farqlarni baholash uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

2-jadval. Xorijiy tadqiqotlarda o'rganilgan, Zarafshon vohasida uchramagan yoki kam uchraydigan qiyosiy turlar

Turkum

Tur nomi

Oziqlanish tipi / roli

Tarqalgan mintaqa

Manba

Lepidoptera

Deserticossus hippophaecolus

Monofag/oligofag, ksilofag

Xitoy

Wang va boshq., 2022; Zong va boshq., 2012

Lepidoptera

Holcocerus arenicola

Oligofag, ksilofag

Xitoy (Sinjan)

Li va boshq., 2024

Lepidoptera

Gelechia hippophaella

Oligofag, fillofag

Yevropa

Schrank, 1801

Lepidoptera

Hyles hippophaes

Monofag, fillofag

Yevropa

Lepidoptera

Smerinthus ocellatus

Polifag, fillofag

Yevropa/Osiyo

Coleoptera

Altica balassogloi

Oligofag, fillofag

Qozog'iston

Jashenko va boshq., 2025

Coleoptera

Polyphylla fullo

Polifag (imago-barg; lichinka-ildiz)

Yevropa/O'rta Osiyo

Hymenoptera

Tenthredo

turkumi vakillari

Oligofag/polifag

Yevropa

Hymenoptera

Lissonota holcocerica

Entomofag (parazitoid)

Xitoy

Zong va boshq., 2012

Muhokama. O'tkazilgan adabiyotlar tahlili va dala tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, chakanda (Hippophae rhamnoides L.) entomofaunasi geografik mintaqalarga bog'liq holda keskin farqlanadi. Xitoy va Sharqiy Osiyo hududlarida bioekologik xavfi yuqori bo'lgan ksilofag turlar — Deserticossus hippophaecolus va Holcocerus arenicola yetakchi o'rinni egallasa (Wang va boshq., 2022; Li va boshq., 2024), Zarafshon vohasi va yondosh hududlarda karpofag Rhagoletis batava, fillofag Capitophorus hippophaes hamda gall hosil qiluvchi Aceria hippophaena turlari asosiy iqtisodiy xavf tug'diruvchi zararkunandalar sifatida namoyon bo'lmoqda.

Ushbu farqlanish, ehtimol, mintaqalarning iqlim-gidrologik sharoitlari, chakandazorlarning yoshi va zichligi, hamda tabiiy entomofaglar populyatsiyasining holati bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Zarafshon vohasida ksilofag turlarning nisbatan kam qayd etilishi tadqiqot davri (2023–2026 yy.) va hududning cheklangan qamrovi bilan izohlanishi mumkin bo'lib, bu masala keyingi kengaytirilgan tadqiqotlar (jumladan ildiz-poya kesimidagi qo'shimcha monitoring) doirasida aniqlashtirilishi lozim.

Aniqlangan yagona tabiiy entomofag guruhi — Syrphidae oilasi vakillari — shiralar (jumladan Capitophorus hippophaes) soni ustidan tabiiy nazorat o'rnatishda muhim rol o'ynashi mumkin, biroq bu borada kompleks bioekologik baholash talab etiladi. Bu holat chakanda zararkunandalariga qarshi ekologik xavfsiz, entomofaglarga asoslangan kurash tizimini ishlab chiqishning dolzarbligini tasdiqlaydi.

XULOSA

. Zarafshon vohasi sharoitida o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida chakanda o'simligi bilan trofik aloqada bo'lgan 11 taksonomik birlik (10 zararkunanda va 1 foydali entomofag) aniqlandi, ular 5 turkumga mansub. Asosiy iqtisodiy zarar keltiruvchi turlar sifatida karpofag Rhagoletis batava, fillofag Capitophorus hippophaes va gall hosil qiluvchi Aceria hippophaena ajralib turadi. Olingan natijalarning xorijiy manbalar bilan qiyosiy tahlili chakanda entomofaunasi tarkibining mintaqaviy o'ziga xosligini tasdiqladi: Sharqiy Osiyoda ksilofag turlar, Zarafshon vohasida esa karpofag va fillofag turlar ustunlik qiladi. Ushbu natijalar chakanda plantatsiyalarini monitoring qilish va ekologik xavfsiz kurash choralarini ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR

  1. Būda V., Blažytė-Čereškienė L., Apšegaitė V., Radžiutė S., Mozūraitis R. Pollinators and phytophages in sea buckthorn (Hippophae rhamnoides L.) plantations. – Insects, 2020, 11(9), 620.
  2. Mozūraitis R., Aleknavičius D., Vepštaitė-Monstavičė I., Stanevičienė R., Emami S.N., Apšegaitė V., Radžiutė S., Blažytė-Čereškienė L., Servienė E., Būda V. Hippophae rhamnoides berry related Pichia kudriavzevii yeast volatiles modify behaviour of Rhagoletis batava flies. – Journal of Advanced Research, 2020, 21, 71–77.
  3. Decuyper M., ... Sea buckthorn (Hippophae rhamnoides L.) dendrochronology and defoliation dynamics. – PLOS ONE, 2020, 15(x).
  4. Wang X. va boshq. Physiological response of Hippophae rhamnoides to gall mite (Aceria hippophaena) infestation. – AoB Plants, 2022, 14(3).
  5. Zong S., Luo Y., Wang T. va boshq. Bio-ecological characteristics of the sea buckthorn carpenter moth, Holcocerus hippophaecolus (Lepidoptera: Cossidae) and its parasitoid Lissonota holcocerica. – Journal of Insect Science, 2012, 12.
  6. Jashenko R. va boshq. Distribution and host relations of Altica balassogloi on Hippophae rhamnoides in Kazakhstan. – Forests, 2025, 16.
  7. Moskalets T., Moskalets V. va boshq. Aceria hippophaena galls on sea buckthorn: distribution and damage assessment. – Scientific Horizons, 2022, 25(5).
  8. Li X., Adil Sattar, Li Z., Jin Y., Baixiangule Tuoheteoerbayi, Mao W. Occurrence and damage of two kinds of Hippophae rhamnoides pests (xitoy tilida, inglizcha annotatsiya bilan). – Xinjiang Agricultural Sciences, 2024, 61(6), 1454–1460.
  9. Nie Y., Yu ..., Hu ... Predicting the potential distribution of Rhagoletis batava and Cossus cossus on Hippophae rhamnoides under climate change based on MaxEnt model. – Agronomy, 2025, 15, 2777.
  10. Schrank F. Fauna Boica: Durchgedachte Geschichte der in Baiern einheimischen und zahmen Thiere. – Nürnberg, 1801 (Gelechia hippophaella turining birlamchi tavsifi).
  11. Walker F. List of the specimens of homopterous insects in the collection of the British Museum. – London, 1852 (Capitophorus hippophaes turining birlamchi tavsifi).
  12. Todd J.W. Ecology and behavior of Nezara viridula. – Annual Review of Entomology, 1989, 34, 273–292.
  13. Waterhouse D.F. Biological control of insect pests: Southeast Asian prospects. – ACIAR Monograph, Canberra, 1998.
  14. Фасулати К.К. Полевое изучение наземных беспозвоночных. – Москва: Высшая школа, 1971. – 424 с.
  15. Бей-Биенко Г.Я. Общая энтомология. – Москва: Высшая школа, 1980. – 416 с.
  16. Fayzullayev B., Belyalova L.E., Malikov D. Chakanda (Hippophae rhamnoides) dorivor o'simligining zararkunandalari // International Scientific Journal Science and Innovation. Special Issue. – 2024, April. ISSN 2181-3337. – B. 251–255.
  17. Malikov D.B. Chakanda (Hippophae rhamnoides L.) ning zararkunanda hasharotlari tarqalishini ekologik modellashtirish (MaxEnt va QGIS misolida) // O'zbekiston agrar fani xabarnomasi. – 2026, №4/2 (28). – B. 141–143.
  18. Fayzullayev B., Malikov D. Zarafshon vohasida chakanda pashshasi (Rhagoletis batava obscuriosa Nel.) ning rivojlanish dinamikasi va zarari // New innovations in national education. – 2024, 10-son, 1-jild. – B. 120–123.
  19. Fayzullayev B., Malikov D. Zarafshon vohasi sharoitida hasharotlarning tuproqda tarqalishi va tuproq ekologik holatiga ta'siri // «Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda degradatsiyaga uchragan tuproqlarning integrallashgan boshqaruvi va melioratsiyasi» xalqaro konferensiyasi materiallari. – Toshkent, 2023, 7–8 aprel. – B. 39–43.
  20. Fayzullayev B., Malikov D.B. Zarafshon vohasida chakanda (Hippophae rhamnoides) ga yashil qandala (Nezara viridula L.) ning zarari // Agro kimyo himoya va o'simliklar karantini. – 2025, №4 [112]. – B. 19–20.
  21. Fayzullayev B., Malikov D. Zarafshon vohasi sharoitida terak bargxo'ri Chrysomela populi L. ning biologik-ekologik xususiyatlari va zarari // «Lalmikor dehqonchilikning ahamiyati, ilmiy asoslari va uni rivojlantirishning innovatsion agrotexnologiyalari» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Jizzax, 2023, 19-may. – B. 411–414.
  22. Malikov D.B. Zarafshon milliy tabiat bog'ida chakanda (Hippophae rhamnoides L.) zararkunandalariga qarshi kurashda pestitsidlar yuklamasini kamaytirishning ekologik xavfsiz usullari // Agro kimyo himoya va o'simliklar karantini. – 2026, Vol.118, №3. – B. 37–43.