M.BAHSHI, H.EROLOVA, F.PRIMOVA. Qizil kitobga kiritilgan otashak Cercis griffithii Boiss. daraxtining saqlash muddatiga qarab urug’larni termik ta’sirdan so’ng undirish natijalari
Аннотация
В данной статье хранится Cercis griffithii Boiss, занесенный в Красную книгу Узбекистана в отделе семеноводства Ташкентского Ботанического сада с 2000 по 2018 год. представлены результаты экспериментов на всхожесть семян.
Ключевые слова: семя, черенки, термическое воздействие, черенки, кора, стебель, бутон
Abstract
This article contains Cercis griffithii Boiss, listed in the Red Book of Uzbekistan in the Department of seed production of the Tashkent Botanical Garden from 2000 to 2018. the results of experiments on seed germination are presented. Keywords: seed, cuttings, thermal effect, cuttings, bark, stem, bud. UO’T: 581.58.006 Kirish. O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 6-oktyabr sanasidagi PQ-4850-sonli qarori 2-ilovasi 44-bandi bilanToshkent Botanika bog’iga introduksiya qilingan noyob turdagi daraxt va buta turlarining urug’chilik genofondini yaratish to’g’risidagi va 2022 yil 6 yildagi PF-307- sonli iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan “ Drauver” innovatsion loyihalar ro’yxatining 4 – ilovasi 24 – bandi bilan tasdiqlangan 2023-2026 yillarda hududlarda o’rmon va o’rmonmevali daraxtlarning doimiy va birlamchi urug’chilik plantatsiyalarini barpo etish to’grisidagi qarorlari ijrosini amalga oshirish maqsadida urug’chillik bo’limida Qizil Kitobga kiritilgan otashak - Cercis griffithii boiss. daraxtining saqlash muddatiga qarab urug’larini termik ta’siridan so’ng undirish natijasini hamda yashil hududlar tashkil etishda qo’llash ustida bir qator izlanishlar olb borildi. Cercis griffithii tabiatda bu tur Eron, Afg’oniston va O’rta Osiyoning Pamir-Alay va tog’li Turkmaniston; dengiz sathidan 800-2200 balandlikda tog’larning o`rmonli va toshli qiyaliklarida o’sadi. Tabiiy sharoitda urug’lari yordamida ko’payadi. Belgilari bo’yicha Cercis siliquastrum turga juda yaqin. O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida bog’lar va ko’chalarga ekish uchun keng joriy etish mumkin. Tabiatda uni Shimoliy Amerikada, Xitoyda, shuningdek O’rta Er dengizining g’arbiy va sharqiy mintaqalarida, botanika bog’larida uchratish mumkin. Asosan urug’lari orqali ko’payadi. Balandligi 1-4 (10 m) bo’lgan kuchli tarvaqaylab ketgan buta yoki daraxt holida uchraydi. Yosh qobig’i qizil-jigarrang, keyinchalik quyuq kulrang; ushbu ko’p yillik o’simlikning umr ko’rish davomiyligi 50 dan 70 yilgacha o’zgarib turadi. Kuzda barcha barglarini to`kadi. Tanasi va eski novdalari mayda yoriqli jigarrang-qora qobiq bilan qoplangan. Yosh novdalarning qobig’i kulrang yoki jigarrang- zaytun rangda bo’ladi. O’sishning birinchi yilida novdalar silliq va och qizil rangga ega bo`ladi. Bahorda ochiladigan pushti kurtaklar barg plitalari ochilishidan oldin novdalar va daraxtlar tanalarida paydo bo`ladi. Barglari buyraksimon ko`rinishida novdalarda yoki qobiq yuzasida bo’ladi va ular juda mustahkam joylashadi. Barglari yumaloq-buyrak shaklida, uzunligi 5-8 sm, kengligi 7-12 sm, barg chekalari silliq. Novdalarda gullash 30 kun davom etadi. Gullarning shakli tartibsiz bo’lib, ular zich va to`p-to`p bo`ladi. Gullari gul shirasiga boy. Ayniqsa, gullash paytida, uning butun toji binafsha-pushti yoki oq gullar bilan qoplandi (1-2 rasm). [1]. Urug`qopchalari tekis, uzunligi 10-12 sm, kengligi 1,5- 2,5 sm, cho’zilgan, yuqori tomoni to`mtoqlashgan, juda ko’p ko’ndalang tomirlari bor. Urug’lari gullar soniga nisbatan kam, oval, tekislangan,uzunligi 56,5 mm va eni 44,5 mm, tuksiz, to`q -qora. Ming dona urug’ning vazni 50 g. Har bir urug` qopchalarida silliq, yorqin ko`rinishda ovalsimon 4 -7 ta tekis urug`lar mavjud. (rasm.3). 1-rasm. Cercis griffithii Boiss barginig ko`rinishi.