УЎТ: 632.6:635.6:937 31-maqola

POMIDORDA ZANG KANASINING ZARARI VA UCHRASH DARAJASI

Muminova Ra`no Dalabayevna, dotsent,
Maxmudova Shaxnoza Abdufattaxovna, dotsent,
Qaraxanov Jumanazar Abdusamat o`g`li, magistrant,

Abstract

Zang kanasi dala pechak o‘tida (Convolvulus arvense) va qizil ituzumda (Solanum dulcamara L.) o‘rtacha, qora ituzumda (Solanum nigrum L.) kuchli rivojlanishini hisobga olgan holda, ushbu begona o‘tlardan dala chekkalardagi uvatlarni tozalash zarur, sabab zang kanasi bu o‘simliklarda qishlab qoladi va erta bahorda (birinchi avlodi) rivojlanib, so‘ngra pomidor dalalariga tarqaladi.

Аннотация

Хотя агротехнические мероприятия на томатах, зараженных ржавчинным клещом, проводились одинаково, все показатели роста, развития и урожайности достоверно отличались от контрольных. Учитывая, что на плюще полевом (Convolvulus arvense) и паслене красном (Solanum dulcamara L.) ржавчинный клещ развит умеренно, а на паслене черном (Solanum nigrum L.) – сильно, необходимо очищать края полей от сорняков. этих сорняков, так как паслен зимует в этих растениях и развивается ранней весной (первое поколение) и затем распространяется на томатные поля.

Ключевые слова: Вредители, значение, вредоносность, заражение, современные методы. Abstract: Although agrotechnical measures on tomatoes infected with a rust mite were carried out in the same way, all indicators of growth, development and yield were significantly different from the control ones. g‘o‘za, donli ekinlar va mevali bog`larda ham keng qo‘llanilib kelinmoqda [1]. Kuzgi tunlam (Agroitis segetum Den et. Schiff) qishloq xo`jalik ekinlarining asosiy zararkunandalaridan biri hisoblanib nihollik davrida katta talofat keltiradi. Mamlakatimizda keng tarqalgan 150 dan ortiq o‘simliklarda zarar keltiradi. Aksariyat yillari zararkunanda zarari oqibatida ekinlarni qayta ekishga to‘g‘ri kelgan[3]. Kuzgi tunlam respublikamizning sug‘oriladigan mintaqalarida keng tarqalgan zararkunandadir. Zararkunandaning qurtlari 34 ta oilaga kiruvchi 100 dan ortiq o‘simlik turlariga zarar etkazadi. Bunday ekinlarga g‘o‘za, beda, qand lavlagi, makkajo‘xori, moyli va poliz ekinlari kiradi. Kuzgi tunlam qurtlari unib chiqayotgan g‘o‘za chigititini zararlab urug‘ pallalarini teshadi, ildizni yoki poyaning bo‘g‘zini kemiradi. Bundan tashqari masaning er ustki qismiga ham zarar etkazadi. Qishda oltinchi yoshdagi qurt holida tuproqning 20 sm chuqurligiga qishlovga ketadi. Qishlovdan bizning sharoitda aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida, ba’zan mayning boshida chiqadi va tuproq yuzasiga ko‘tarilib g‘umbakka aylanadi. Harorat issiq paytlari 5-6 kunda g‘umbakdan kapalaklar uchib chiqib gul nektarlari bilan oziqlana boshlaydi va o‘ziga juft qidiradi. 3-4 kunda ular juftlashib tuproqning quruq qismlariga, o‘simlikning qurigan qismlariga, ekinlarda poya bo‘g‘ziga, ayniqsa ituzumlarning yosh ko‘chatlariga bittadan tuxum qo‘yadi. Bitta urg‘ochi kapalak umri davomida 450 tadan 2200 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Tuxumlardan 5-12 kunda lichinkalar chiqib kundizi ekin ostida yoki tuproq ostiga bekinadi va kechasi ekinning mayda ildizlari, poya bo‘g‘zini kemirib oziqlanadi.Katta yoshdagi qurtlari bir kechada 5-10 tagacha ko‘chatni nobud qilish mumkin. Ushbu zararkunanda bizning sharoitda 3-4 marta avlod beradi [2, 4]. Ushbu parazitlardan zararkunanda sonini kamaytirishda tuxumxo‘r trixogrammalarning ahamiyati katta. Tadqiqotlar davomida kuzgi va undov tunlamlari tuxumlariga qarshi trixogrammaning Trichogramma chilonis Ishii turining biologik samaradorligi aniqlangan. Bunda tunlamlarning ikkinchi avlod tuxumlariga qarshi qo‘llanilganda 9 kun 56, 5%, uchinchi avlodi tuxumlariga qarshi 57, 6% biologik samaradorlikka erishildi. Bundan tashqari tunlamlarning qurtlariga qarshi brakon entomofagini (Brason hebetor Say) turli samarali sarf me’yorlarda qo‘llanilganda, 1:10 (qurt:parazit) nisbatda qo‘llanilgan variantda biologik samaradorlik 7-kunga kelib, 60, 4% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1:5 nisbatda qo‘llanilgan variantda esa, eng yuqori bo‘ldi, ya’ni 62, 7% ni tashkil etdi. АDABIYOTLAR: 1. Ochilov R, Atamirzaeva T, Rashidov M, Sagdullaev A, Zoxidov M, Saidova S. O‘zbekistondagi uchraydigan trixogramma turlari va ularni biolaboratoriyalarda sifatini oshirish yo‘llari. Uslubiy qo‘llanma. –Toshkent, 2005. -5 b. 2. Рашидов М.И. Биологические основы интегрированной защиты посленовых культур от вредителей: Автореф. дисс. док. биол.наук.-Ташкент, 2000. - 47с. 3. Xudoyqulov A.M, Anorbaev A.R, Saypieva D. Dala (bug‘doy, sabzavot) ekinlarining tuproq osti zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari. / Agrar sohani barqaror rivojlantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi. II ilmiy amaliy ajumani materiallari to‘plami. – Toshkent, 2018. – B. 149-151. 4. Xudoyqulov A.M, Anorbaev A.R, Abdillaev M. Takroriy ekilgan kartoshkada kuzgi (Agrotis segetum Den.et Schiff.) va undov (Agrotis exclamationis L.) tunlamlari qarshi trixogramma (Trichogramma chilonis ISHI) entomofagining samaradorligi. / Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik holati, muammolari va rivojlantirish istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami. – Toshkent, 2018. – B. 205-208

How to cite

GOSTMuminova R.D., Maxmudova S.A., Qaraxanov J.A. POMIDORDA ZANG KANASINING ZARARI VA UCHRASH DARAJASI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2022. – №102 (85). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/2272/.
APAMuminova R.D., Maxmudova S.A., Qaraxanov J.A. (2022). POMIDORDA ZANG KANASINING ZARARI VA UCHRASH DARAJASI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 85(102). https://agrokarantin.uz/articles/2272/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 Maxsus son 2 [85], 2022 Published: 07.04.2026