2-maqola
DOI: 10.63241/akhvvol120y2026iss5m4
JANUBIY OROLBO‘YI HUDUDINING EKOLOGIK DEFORMATSIYASI SHAROITIDA DALA EKINLARINING INVAZIV ZARARKUNANDALARINING TARQALISHI
Zinatdinov Nuratdin
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0004-7041-7079
Shamuratova Nasima
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0006-0693-9950
Annotatsiya
<p>Mazkur maqolada Janubiy Orolbo‘yi hududining ekologik deformatsiyasi sharoitida yangi o‘zlashtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarida uchraydigan invaziv zararkunandalar tarkibi va ularning tarqalish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Mo‘ynoq, Qanliko‘l, Shumanay va Qo‘ng‘irot tumanlarida mosh, kunjut, makkajo‘xori va oq jo‘xori ekinlarida monitoring ishlari olib borildi. Natijada kemiruvchi va so‘ruvchi zararkunandalarning asosiy turlari aniqlanib, ularning agrotsenozdagi ahamiyati baholandi. Olingan natijalar asosida zararkunandalarga qarshi kompleks kurash choralari tavsiya etildi.</p>
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150
№5 [120], 2026
Chop etilgan: 22.06.2026