Search articles
The search covers author names, article titles, keywords and abstracts — in all three languages.
-
TUPROQDAN ENTOMOPATOGEN NEMATODALARNI AJRATIB OLISH UCHUN TURLI USULLARNI QIYOSIY TAQQOSLASH
Karimova Rixsiniso Miratxamovna
Maqolada tuproqdan entomopatogen nematodalarni (Steinernema va Heterorhabditis avlodlari) ajratib olish uchun maxsus qurilmaning samaradorligi an’anaviy Berman voronkasi va suvli ekstraksiya usullari bilan qiyosiy jihatdan o‘rganildi. Tajribalar mexanik tarkibi jihatidan uch …
-
OLMADA O‘RGIMCHAKKANANING RIVOJLANISHI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI
Xolbayeva Xolida Saidovna, Obidjanov Dilshod Axmed Xuja o‘g‘li
Jizzax viloyati iqlim sharoitida bahorda qizil mevakanasining ommaviy chiqishi 12-15 °C da kuzatildi. Bu jarayon olma daraxtining kurtak yozilishi va gullash davr mart oyining oxiri – aprel oyining birinchi o‘n …
-
BAMIYANING ZAMIN VA SHAFAQ NAVLARINI TURLI EKISH SXEMALARIDA O'STIRISHNING O'SUV-RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI
Begimqulova Dilnoza Meyliyevna
Maqolada bamiya (Abelmoschus esculentus) ekinining Zamin va Shafaq navlarini Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi sharoitida turli ekish sxemalarida (Zamin navi — 70x25 sm, Shafaq navi — 70x30 sm) o'stirish natijalari keltirilgan. Tajriba …
-
TURLI EKISH SXEMASINING SAVOY KARAMI O‘SIMLIGIDAGI BARGLAR SONIGA TA’SIRI
Turayev Sirojiddin Axmatovich
Mazkur tadqiqotda turli ekish sxemalarining savoy karami o‘simligidagi barglar soniga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ekish zichligining ta’siri baholandi hamda barglar sonidagi o‘zgarishlar tahlil qilindi. Natijalar ekish …
-
MAHALLIY SHAROITDA KARTOSHKA NAVLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISHI VA AGROBIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Nizomov Rustam Axrolovich, Rahmatullayev Jasur Negmatullayevich
Mazkur maqolada turli kartoshka navlarining fenologik rivojlanish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida nihollarning unib chiqishi, shonalash va gullash fazalarining boshlanishi hamda davomiyligi bo‘yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi. Shuningdek, navlarning poyalar soni …
-
ELEKTRAVJLANTIRISHNING KARTOSHKANING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Kuchkorov Nasriddin Samaridinovich, Oblokulov Feruz Abdiraymovich
Kartoshka o‘simligining bo‘yi, asosiy va yon poyalar soni hamda barglar soni kabi biometrik ko‘rsatkichlarining shakllanishiga elektravjlantirishning ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasiga koʻra o‘simlik bo‘yi urug‘lik tuganaklari ekish oldidan elektravjlantirilganda o‘simlik bo‘yi …
-
QATTIQ BUG‘DOYNING F₆ DURAGAY TIZMALARINI QIMMATLI XO‘JALIK BELGILAR BO‘YICHA BAHOLASH VA ISTIQBOLLI SELEKSION MANBALARNI TANLASH
Xazratkulova Shaxnoza Usmonovna, Dilmurodov Sherzod Dilmurodovich, Abdurahimov Saidakmal Abdumuradovich
Mazkur tadqiqotda qattiq bug‘doyning F₆ avlodidagi duragay tizmalarining o‘suv davri, fenologik rivojlanish xususiyatlari, morfologik va biometrik belgilari, hosildorligi hamda don sifati ko‘rsatkichlari kompleks baholandi. Tajribalarda duragaylarning unib chiqish, tuplash, boshoqlash …
-
BT VA GT GENLARIGA EGA ISTIQBOLLI G‘O‘ZA TIZMALARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI HAMDA O‘SISH DINAMIKASINING QIYOSIY TAHLILI
Bolqiyev Zohid Toshtemirovich
Ushbu maqolada Samarqand viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga mos, tezpishar, yuqori hosildor, tola sifati yuqori hamda Bt va Gt genlariga ega g‘o‘za navlarini yaratishga qaratilgan amaliy loyiha doirasida o‘rganilgan 1367 ta duragayning …
-
ILDIZDAN TASHQARI OZIQLANTIRISHNING KUZGI BUG‘DOY DALA UNUVCHANLIGI, QISHLAB CHIQISHI VA AMAL DAVRIDA O‘SIMLIKLAR SAQLANIB QOLISHIGA TA’SIRI
Yalgashev Abduvosi Farxodovich
Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyni dala unuvchanligi, qishlab chiqishi va amal davri oxirida saqlanib qolgan o‘simliklar miqdoriga gerbitsidlar va ildizdan tashqari oziqlantirishning samaradorlik ko‘rsatkichlari keltirilgan.
-
PIYOZ VA SARIMSOQPIYOZ AGROTSENOZLARIDA FITOSANITAR MONITORING: MASOFADAN ZONDLASH VA GEOAXBOROT TIZIMLARINING ILMIY-AMALIY ASOSLARI
Akromov Baxtiyar Akmalovich
Mazkur maqolada piyoz (Allium cepa) va sarimsoqpiyoz (Allium sativum) agrotsenozlarida fitosanitar vaziyatni baholash va zararkunanda hasharotlarni erta aniqlashda masofadan zondlash (Remote Sensing) hamda geoaxborot tizimlari (GIS) samaradorligi tahlil qilingan. Maqolada …
-
G‘O‘ZADA YANGI MIKROELEMENTLI O‘G‘ITLARNING QO‘LLASHNING DALA SHAROITIDA NIHOLLARNING UNIB CHIQISHIGA TA’SIRI
Abdullayeva Gulnora Alijonovna, Ibragimova Dildora Qaxramonovna, Mamasoliyev Zafarbek Kimsanboyevich
Ushbu maqolada g‘o‘zada yangi mikroelementli o‘g‘itlar “Avangard star” hamda “Avangard azot+mikro” larni qo‘llashni dala sharoitida nihollarni unib chiqishiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalar yoritilgan. Ushbu agrotexnologiyalar g‘o‘zani …
-
TRIXOGRAMMA PARAZITINI ZARARKUNANDA TUXUMLARIGA QARSHI QO‘LLASHNING TURLI USULLARI
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Anorbayev Azimjon Raimkulovich
Ushbu maqolada g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera) tuxumlariga qarshi trixogrammani tarqatishning ikki xil usulining biologik samaradorligi qiyosiy baholandi. Tajribalarda Trichogramma chilonis Ishii turi an’anaviy imago holatida qog‘oz qiyqimlarda va yangi usul …
-
Toshkent vohasi sharoitida Chimyon (mador) piyozini ko‘paytirish istiqbollari
Yakubov Shamshod Murtozakulovich
Toshkent vohasi iqlim va tuproq sharoitlarida Allium tschimganicum B.Fedtsch o‘simligining ko‘paytirish va yetishtirish usullari ishlab chiqilib. Olib borilgan izlanishlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, mazkur o‘simlikni madaniylashtirish va xo‘jalik tomarqa yerlarida ekib …
-
MAHALLIY VA XORIJIY KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY NAMUNALARINING NAZORAT KO‘CHATZORIDAGI BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Ravshanbek Inomjonovich Siddiqov, Fazliddin Ergashovich Uzaqov
Mazkur tadqiqotda kolleksiya ko‘chatzoridan tanlab olingan mahalliy va xorijiy kuzgi yumshoq bug‘doyning 18 ta namunasi hamda Chillaki va Krasnodar-99 standart navlari nazorat ko‘chatzorida asosiy biometrik va mahsuldorlik elementlari bo‘yicha baholandi. …
-
ORALIQ EKINDA PIYOZ NAV NAMUNALARINING KO‘CHAT USULIDA EKISHDA XATO MIQDORINI BAHOLASH
Mirzasoliyev Mirzaosimjon Mirzasoypovich, Shokirov Alisher Jo‘raboevich
Maqolada oraliq ekin sharoitida piyoz nav va duragaylarining ko‘chat saqlanishi hamda yashovchanlik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Navlar Sumbula, duragaylar esa Top Star F1 standartiga nisbatan baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, navlar orasida Ravnaq, …
-
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YAYLOV YERLARIDA GEOBOTANIK TADQIQOT JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH
G‘aniyev Ochilbek Orifjon o‘g‘li
Yaylov yerlaridan oqilona va samarali foydalanishda geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish hamda monitoring jarayonlarini tizimli tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada yaylov yer maydonlarida geobotanik tadqiqotlarni raqamli texnologiyalar asosida amalga …
-
Оценка влияния липидных компонентов Halimodendron halodendron на продукционные и физиолого-биохимические показатели сои
Курбанова Эльвира Рашидовна, Юлдашева Нигора Каримовна, Закирова Рано Пулатовна, Самандарова Зарифа Янгибой кизи, Иботов Шохрух Хурматилло угли, Дин Павел Русланович
Изучено влияние предпосевной обработки семян сои липидными компонентами растения Halimodendron halodendron на прорастание, содержание фотосинтетических пигментов и развитие растений при воздействии стрессовых факторов. Установлено, что обработка семян водной эмульсией липидов …
-
QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Sulaymonov Botirjon, Baxodirov Ulug‘bek
Mazkur maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish uchun yaratilgan maxsus qurilmaning biologik samaradorligi baholangan. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti biolaboratoriyasi sharoitida olib borildi. Tajribalarda xo‘jayin hasharot sifatida katta …
-
SESAMUM INDICUM L. EKINIDA ASOSIY ZARARKUNANDALARGA QARSHI BIOLOGIK KURASH USULLARINING SAMARADORLIGI VA EKOLOGIK XAVFSIZLIGI
Erkinov Xolbek, Sulaymonova Nargiza
Ushbu maqolada kunjut ekinida keng uchraydigan issiqxona oqqanotiga qarshi kurashishda kunjut urug‘ini Kruizer Ekstra, 36,2% sus.k. urug‘dorilagichi bilan kunjut urug’lariga qayta ishlov berilib biologik samaradorligini o‘rganish va pereparatning urug’lar unuvchanligiga …
-
SESAMUM INDICUM L. AGROTSENOZIDA ASOSIY ZARARKUNANDALAR KOMPLEKSINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING IQTISODIY ZARAR CHEGARASINI ANIQLASH
Erkinov Xolbek
Ushbu maqolada kunjut ekinida keng uchraydigan issiqxona oqqanotiga qarshi kurashishda kunjut urug‘ini Avalanche 70% n.kuk. urug‘dorilagich bilan keltirilgan sarf-me’yor ko‘rsatkichlari asosida qayta ishlov berilib biologik samaradorligini o‘rganish bo‘yicha ma'lumotlar keltirilgan.