УЎТ: 631 214-maqola

O‘ZBEKISTONDA GIPSLI TUPROQLARNING HOSIL BO‘LISHDAGI ILMIY NAZARIYALARNING HOSIL BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI

Abdullayeva Xumora Boybo’ri qizi
Maxkamova Dilafruz Yuldashevna
Isxoqova Shoira Mirsodiqovna

Abstract

Maqolada O’zbekiston sharoitida gipsli tuproqlarning hosil bo’lishi to’g’risidagi nazariyalar tahlil qilingan. Gipsli tuproqlarning ko’pgina qismi asosan Mirzacho’l hududida tarqalgan. Tadqiqot olib borilayotgan hudud tuproqlari turli darajada sho’rlanganligi, gips miqdori bo’yicha turli xil ekanligi tuproqlarning fizik-kimyoviy xossalariga ta’sir ko’rsatadi va integral holatining yomonlashishiga hamda qishloq xo’jalik ekinlariga salbiy tasirini ko’rsatmoqda. Standart atamalardan foydalanishgacha bo’lgan davrda tuproqlar loyli, qumli, toshli, cho’kma, sho’rlangan, botqoq, quruq yoki ho’l, og’ir yoki yengil, yumshoq yoki qattiq, bo’liq, g’ovak yoki kuchsiz deb ta’rif berib kelingan. Lekin, umumqabul qilingan ilmiy terminlarga o’tilgandan so’ng “gipsli tuproqlar” atamasi ham kiritila boshladi. Miqdoriy ko’rsatgichiga ko’ra tarkibida turli miqdorda – 0,1 dan 1,5-10% gacha va undan ko’p – to 20-30% gacha va undan yuqori gips aniqlangan qatlami mavjud bo’lgan tuproqlar gipsli tuproqlar deyiladi [1].

Keywords: gipsli tuproqlar, sho’rlanish, iqlim, ona jins, kaltsiy, sulfatlar

How to cite

GOSTAbdullayeva X.B., Maxkamova D.Y., Isхoqova S.M. O‘ZBEKISTONDA GIPSLI TUPROQLARNING HOSIL BO‘LISHDAGI ILMIY NAZARIYALARNING HOSIL BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2024. – №4 (105). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/3036/.
APAAbdullayeva X.B., Maxkamova D.Y., Isхoqova S.M. (2024). O‘ZBEKISTONDA GIPSLI TUPROQLARNING HOSIL BO‘LISHDAGI ILMIY NAZARIYALARNING HOSIL BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 105(4). https://agrokarantin.uz/articles/3036/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [105], 2024 Published: 01.04.2026