УЎТ: 632 173-maqola

BUG‘DOY VA SHOLINING DONIDAN AJRATILGAN AYRIM FUSARIUM TURKUMI VAKILLARINING MIKOTOKSIKLIK XUSUSIYATLARI

Xaytbayeva Nodira Seytjanovna

Abstract

Ushbu maqolada bug’doy va sholining donidan ajratilgan Fusarium turkumiga mansub F.incarnatum, F.graminearum zamburug’larining mikotoksinlik xususiyati o‘rganilgan. Tajribalar erkak jinsli sichqonlarda o‘tkazilgan. Tadqiqotlar davomida ushbu ikkita zamburug’ning mitselliyi va kul’tural suyuqligi sichqonlarga ikki xil dozada bir marotaba yuborilgan. Ushbu tadqiqot natijasida zararlangan sichqonlarda zaharlanishning dastlabki ko’rinishlari namoyon bo’ldi, bunda sichqonlar bir joyga to’planish, yuvinish xolatlari kuzatilgan. Keyinchalik F.graminearum turi bilan zararlangan sichqonlarda vazn yo’qotish xolati kuzatilgan, lekin o‘lim xolati qayd etilmagan. Tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar tahlil qilinganda F.graminearum zamburug’ining mikotoksinlik xususiyati yuqori ekanligi tajribalarda isbotlangan.

Keywords: Fusarium, F.graminearum, F.incarnatum, mikotosin, bug’doy, sholi, sichqon, mitselliy, kultural suyuqlik

How to cite

GOSTXaytbayeva N.S. BUG‘DOY VA SHOLINING DONIDAN AJRATILGAN AYRIM FUSARIUM TURKUMI VAKILLARINING MIKOTOKSIKLIK XUSUSIYATLARI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2024. – №4 (105). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/3020/.
APAXaytbayeva N.S. (2024). BUG‘DOY VA SHOLINING DONIDAN AJRATILGAN AYRIM FUSARIUM TURKUMI VAKILLARINING MIKOTOKSIKLIK XUSUSIYATLARI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 105(4). https://agrokarantin.uz/articles/3020/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [105], 2024 Published: 01.04.2026