ISSIQXONADA QULUPNAY EKININI SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARDAN HIMOYA QILISH USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada issiqxonada qulupnay o‘simligida uchrovchi so‘ruvchi hasharot zararkunandalardan issiqxonada uchraydigan asosiy shiralar bioekologiyasi hamda o‘simlikka keltiradigan zararini o‘rganish bo‘yicha tajribalar olib borilgan. Shiralarga qarshi Tvingo sus.k. (0,5-0,8 l/ga), Tayfun plyus 10% n.kuk. (0,4-0,5 l/ga) va Karat gold 5% em.k. (0,4 l/ga) preparatlari sinovdan o‘tkazildi. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra Tvingo sus.k. (0,5-0,8 l/ga) preparati qo‘llanilganda 21-kunga kelib 87,5-90,2% biologik samaradorlik kuzatilgan bo‘lsa, Tayfun plyus 10% n.kuk. (0,4-0,5 l/ga) preparati qo‘llanganda 89,5-91,6%, Karat gold 5% em.k. (0,4 l/ga) preparatida esa 21-kunga kelib 85,3% tashkil etdi.
Keywords: issiqxona, zararkunanda, shira, o‘simlik, qulupnay, biologik, samaradorlik, preparat