27-maqola

Anor mevasi hosilini ko’paytirish

X.QORJOVOVA
X.ARALOV

Аннотация

В данной статье: Постановление Кабинета Министров о расширении гранатовых садов и упоминаются история, структурное строение, морфология, виды, сорта, лечебные свойства и способы размножения граната. Annotation: In this article: The decision of the Cabinet of Ministers on the expansion of pomegranate orchards and the history, structural structure, morphology, types, varieties, medicinal properties and methods of reproduction of pomegranate are mentioned. Kalit so’zlar: Punicus, Punica garanatum, kraxmal, oqsil, yog’, tanin, Achchiq dona, Disertniy, Qizil ulichshenniy, bachkiy, K. Linne, palgari , mikropropagasiya, in vitro. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Farg’ona viloyatida anor yetishtirishni ko’paytirish va sohani rivojlantirish chora - tadbirlari to’g’irisida»gi 2018-yil 4-oktabrdagi 791-son qarorida Farg’ona viloyatida anor yetishtiruvchi xo’jaliklarni tashkil qilish va ushbu faoliyat bilan shug’ullanuvchi xususuy sektor va- killariga ko’maklashish, ilmiy-ta’tqiqot inistitutlari bilan hamkorlikda ilmiy ishlar, innovatsion resurs tejamkor texnologiyalar asosida anor ko’chatlari va maxsulotlotini kompleks rivojlantirish, soha- ning eksport salohiyatini oshirishga alohida ahamiyat qaratilgan. Anorzorlarni ko’kalamzorlashtirish, kengaytirish, olinayotgan hosilni ko’p va sifatli qilib yig’ib olish uchun bog’larda agrotex- nikasi va mehnatni to’g’ri tashkil etish orqali samarali natijalarga erishish mumkin. Anor mevasi lotincha “Punicus” nomi bilan ham mashhur bo’lgan. O’rta asrlarda “Pomum granatum”nomi bilan ham atalgan ya’ni donagi ko’p olma. Uning xalqaro nomi «Punica garanatum» (L,1753)-bu nomni fanga K. Linne tomonidan kiritilgan. Anor – anordoshlar oilasiga mansub subtropik, ko’p yillik mevali o’simlik. Uning vatani Old Osiyo: Ozorboyjon, Eron, Afg’oniston hamda O’rta Osiyo mamlakatlari hisoblanadi. O’rta Osiyoda qariyib 2000 yildan buyon anor mevasi ekib kelinmoqda. O’zbekistonning- Denov, Kitob, Namangan va Quva tumanlarida anor mevasi yetishtiriladi. MDH mamlakatlari orasida anorzorlar- ning 25% dan ko’prog’i O’zbekiston hududiga to’g’ri keladi. Xozirgi kunda mamlakatimizda anorning 19 ta navi yetishtirilmoqda, xududda 1000 gektar, aholi tomorqasida esa 3400 gektardan ortiq maydonlarda anor parvarishlanmoqda. Qo’shimcha o’tgan yilning o’zida 1200 gektardan ziyod maydonlarda anorzorlar barpo etildi. Janubiy hududlarda anor dengiz sathidan 1200m balandlikda, qariyib 700 m.m yog’ingarchilik bo’ladigan lalmikor yerlarda yetishtiriladi. Anorning ikkita – madaniy va yovvoyi turlari bor. Hozirgi madaniy anorlar yovvoyi turlaridan selleksiya yo’llari bilan yaratilgan. O’rta Osiyo hudududa anornining Ulfi, Pushkin Gulosha, Oq dona (Tuyatish), Achchiq dona, Disertniy, Qozoqi anor, Qizil Uluchshenniy, Dashtobod navlari yetishtiriladi. Bu navlar orasida eng ko’p ekiladiganlari Achchiq dona, Disertniy, Qazake anor, Qizil uluchshenniy hisoblanadi. Anor kichikroq daraxt yoki buta shaklida o’sadi. Barglari mayda nashtarsimon, novdasi sertikan bo’ladi. Ko’plab ildiz bachkilari chiqaradi. Ikki jinsli gulli o’simlik. Gullarining rangining rangi och qizil tusda bo’lib diametiri 8 sm. gacha boradi. Shoxlari uchida bitta, ikkita bazida esa beshtagacha gullari bo’ladi. Urug’chisi yaxshi rivojlangan, ko’zachasimon guli meva tugadi. Anor chetdan changlanadi, mevasi yirik, dumaloq, po’stining rangi qizg’iz yoki oqish bo’ladi. Anor asosan qalamchalaridan ko’paytiriladi. Ko’paytirishning eng oddiy va arzon yo’li ildiz bachkilari va novdalaridan qalamcha ekib ko’chat tayyorlash. Anor ko’chati asosan 4 xil usul bilan ko’paytiriladi. Birinchi usul- anor donidan, ammo o’sishi sekin, tanasi sertikan va mevasi unchalik katta bo’lmaydi. Ikkinchi usul-daraxt tagidan va tanasidan o’sib chiqqan yovvoyi novdalaridan olib ko’paytiriladi.Bu usulda o’sish samaradorligi yuqori bo’ladi ammo hosil kam bo’ladi. Uchunchi usul-daraxt shoxlaridan kesib olib ekiladi,bu sekin o’sadi lekin hosildorlik yaxshi bo’ladi. To’rtinchi usul-anor daraxti tanasidan biri yerga ekib qo’yiladi. Bu usul”palgari” Farg’ona vodiysida esa “tizza” deyiladi.Bu usul samarali bo’lib yaxshi o’sadi va hosildorlik yuqori bo’ladi.Anor me- vasini ko’pahtirishni yana bir yangi usuli hujayradan ko’paytirishdir (mikropropagasiya). Bu usul Biotexnologik laboratoriyalarda amal- ga oshiriladi. Anorni hujayrasidan in vitro sharoitida ko‘paytirish ko‘p sonli ko‘chat olishda eng samarali usul bo‘lib, qolaversa zararkunanda xasharotlar, kasalliklarga chidamli va alohida si- fatga ega navlarni yaratish imkoniyatini beradi.Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, hujayradan ko‘paytirish ikkilamchi kurtak rivojini jadallashtirish imkonini beradi.An’anaviy seleksiya uslublaridan foydalanib, mevali daraxt navlarini takomillashtirish masalasi juda uzoq muddat talab qiluvchi murakkab jarayonhisoblanadi. Shu sababli, in vitro sharoitida patogensiz ekish materialini ko‘p miq- dorda va qisqa muddatda hosil qilish biotexnologiyasi istiqbollari yuqori baholanadi. Anor qalamchalari kuzda va bahorda tayyorlanadi. Bahorda shira harakati boshlanmasdan oldin tayyorlanadi. Anor mevasi- ning og’irligi o’rta hisobda 250-1000 gr gacha boradi. Anor mevasi tarkibida 14-21% qand, 0,3-9% limon kislotasi, 10% tanin, 3,4% oqsil 2-6% pektin, temir, kobolt, yod, S, A vitaminlari mavjud. Anor donalari tarkibida 35,02% suv, 1,54% kul, 6,85% yog’, 12,64% kraxmal, 9,38% oqsil, 22,41% tola bor. Urug’lari tarkibida 6,6% suv, 20,8% yog’, 20% kraxmal, 34% klechatka va 10% azot mod- dalari bor. Anor po’stlog’i tarkibida 28,38% oshlovchi modda bor. Anor mevasi tarkibida oshlovchi modda ko’p bo’lganligi uchun to’qimachilik, teri oshlashda va kimyo sanoatida keng foydala- niladi. Anor mevasi ozuqa sifatida xom holda istimol, Sharbati olinib ichimlik sifatida istimol qilinadi. Gullari va mevasidan

How to cite

GOSTX.QORJOVOVA, X.ARALOV Anor mevasi hosilini ko’paytirish // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2023. – №2 (89). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/2835/.
APAX.QORJOVOVA, X.ARALOV (2023). Anor mevasi hosilini ko’paytirish. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 89(2). https://agrokarantin.uz/articles/2835/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №2 [89], 2023 Published: 20.10.2025