УЎТ: 635.65.631.51 19-maqola

Tajriba dalasining suv balansi va loviya navlarining suv iste'moli

Otayarova Gulshoda Uzakovna
assistent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Xalilov Nasriddin
q.x.f.d., professor, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Tursunov Shermuxammad Nurmamatovich
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi direktori
Ravshanova Nilufar Adilovna
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri

Abstract

Maqolada tajriba dalasining suv balansi va unga bog'liq holda loviya navlarining suvga bo'lgan talabi yoritilgan. Loviyaning Ravot va Mahsuldor navlari ekilgan maydonlarning umumiy namlikni sarflashga va suv balansi elementlari ko'rsatkichlariga bevosita ta'sir etganligi aniqlandi. Bundan tashqari, umumiy namlik sarfi loviya naviga, uning hosildorligiga va ob-havo, ya'ni meteorologik sharoitga ham bog'liq. Loviyaning Ravot va Mahsuldor navlarida sug'orish oldi tuproq namligi tartibi ortishiga qarab umumiy suv sarfi ham ortib borganligi hisobga olindi. Sug'orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug'orish tartibida suv oz sarflanganligi qayd etildi. Tajriba natijalari shuni ko'rsatdiki, Ravot navining umumiy suv iste'moli (suvga bo'lgan talab) 3454-4067m3/ga o'rtasida, Mahsuldor navida esa 3303-3947 m3/ga o'rtasida tajriba o'tkazilgan yillar bo'yicha o'zgarib turganligi aniqlandi.

Keywords: Suv balansi, suv rejimi, tuproq qatlami, loviya, suv iste'moli, suv bug'latish, suv sarfi, ChDNS, sizot suvlari

How to cite

GOSTOtayarova G.U., Xalilov N., Tursunov S.N., Ravshanova N.A. Tajriba dalasining suv balansi va loviya navlarining suv iste'moli // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2024. – №102 (99). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/2762/.
APAOtayarova G.U., Xalilov N., Tursunov S.N., Ravshanova N.A. (2024). Tajriba dalasining suv balansi va loviya navlarining suv iste'moli. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 99(102). https://agrokarantin.uz/articles/2762/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 Maxsus son 2 [99], 2024 Published: 07.04.2026