УЎТ: 632.937 15-maqola

Bacillus thuringiensis 26/1 shtammining kolorado qo‘ng‘izi (Leptinotarsa decemlineata Say) lichinkalariga qarshi kurashda insektitsidlik faolligi

Qalandar Bababekov, laboratoriya mudiri, b.f.n
Qalandarova Maftuna Majid qizi, yetakchi ilmiy xodim, q.-x.f.f.d
Alamuratov Rayimjon Abdumurod o‘g‘li, ilmiy xodim
O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Abstract

Maqolada kolorado qo‘ng‘izidan ajratib olingan Bacillus thuringiensis 26/1 shtamminngi kolorado qo‘ng‘izi lichinkalariga qarshi kurashda insektitsidlik faolligi o‘rganildi. Kolorado qoʼngʼizining L1+2 yoshli lichinkal- ariga qarshi Bt- 26/1 shtammi 2,0 va 3,0 l/ga ishlov berildi. Hisobning 14-kuni biologik samaradorlik 72,3-81,0% ni tashkil etganligi aniqlandi.

Abstract

The article studied the insecticidal activity of the Bacillus thuringiensis 26/1 strain, isolated from the Col- orado potato beetle, against Colorado potato beetle larvae. Strain Bt-26/1 was treated against L1+2-year-old Colorado potato beetle larvae at doses of 2.0 and 3.0 l/ha. On the 14th day of calculation, it was found that the biological efficiency reached 72.3-81.0%. UO‘T: 632.937. Kolorado qo‘ng‘izining populyatsiyasini boshqarish maqsadida 1950-1960 yillardan beri entomopatogen bakteriyalar va zamburug‘lar asosida mikrobiologik preparatlar yaratish sohasidagi o‘zgarishlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida katta qiziqish uyg‘otgan [1]. Kolorado qo‘ng‘izining ko‘payishi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi uchun katta xavf bo‘lib, hozirgi vaqtda ushbu zararkunandani nazorat qilish uchun faqat kimyoviy preparatlar ishlatiladi. Biroq, ma’lumki, pestitsidlardan keng ko‘lamda foydalanish bir qator muhim kamchiliklarga ega, ulardan eng muhimi, zararkunandalarda chidamlilikniтп hosil bo‘lishi, atrof-muhitniтп ifloslanishi, odam va issiqqonli organizmlar uchun zaharliligi sababli o‘simliklarni himoya qilishda kimyoviy pestitsidlar o‘rniga biologik preparatlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Entomopatogen mikroorganizmlar hayvonlar va odamlarga zararli bo‘lmagan tabiiy va naslchilik shtammlarining bitmas-tuganmas resursidir. Shu bois, mikrobiologik insektitsidlarni yaratish dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qiziqish uyg‘otgan [2].

How to cite

GOSTQalandar B.l., Qalandarova M.M., Alamuratov R.A., O’simliklar k.v. Bacillus thuringiensis 26/1 shtammining kolorado qo‘ng‘izi (Leptinotarsa decemlineata Say) lichinkalariga qarshi kurashda insektitsidlik faolligi // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2023. – №103 (95). – URL: https://agrokarantin.uz/articles/2447/.
APAQalandar B.l., Qalandarova M.M., Alamuratov R.A., O’simliklar k.v. (2023). Bacillus thuringiensis 26/1 shtammining kolorado qo‘ng‘izi (Leptinotarsa decemlineata Say) lichinkalariga qarshi kurashda insektitsidlik faolligi. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 95(103). https://agrokarantin.uz/articles/2447/
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 Maxsus son 3 [95], 2023 Published: 07.04.2026