DUKKAKLI EKINLARDA TO`RT DOG`LI DONXO`RNING ZARARI
Аннотация
В статье проведено исследование в Ташкентской и Кашкадаръинской областях с целью изучения распространения четырехнитевого крыжовника в бобах. По результатам исследования было установлено, что вредители вредят бобам на 50-60%.
Ключевые слова: Вредители, значение, вредоносность, энтомофаги, современные методы. Abstract: The article conducted a study in the Tashkent and Kashkadarya regions in order to study the distribution of four-stranded gooseberries in beans. According to the results of the study, it was found that pests harm beans by 50-60%. Key words: Pests, significance, harmfulness, entomophages, modern methods. To`rt dog`li donxo`r (Callosebruchus maculates Z.) ayniqsa loviya, mosh va no`xat donlarini omborxona va shaxsiy xonadonlarda saqlash mobaynida jiddiy zararlaydi, natijada ularning faqat po`sti qoladi. Bu donxo`r Respublikamiz sharoitida eng ko`p uchraydigan kosmopolitik zararkunanda hisoblanadi. Ushbu zararkunanda Evropa mamlakatlarida ya’ni Gretsiya, Italiya, Fransiya, Belgiya, Angliya, Yugoslaviya, Bolgariya davlatlarida, Osiyoning Afrika, Shimoliy va janubiy Amerika, Avstraliya mamlakatlarida hamda O`zbekistonda keng tarqalgan zararkunanda hisoblanadi. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko`ra zararkunanda barcha rivojlanish bosqichida urug`lar orqali tarqaladi. To`rt dog`li donxo`r 1980 yilda sobiq SSSRda chegaralangan miqdorda tarqalgan [1, 2]. Mualliflarning fikricha ushbu zararkunanda respublikamiz sharoitida 1992-1993 yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko`ra so`nggi 3-4 yil ichida keng tarqalib borayotganidan dalolat beradi. Bu zararkunanda ayniqsa Toshkent, Namangan, Fargona, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida sezilarli zarar keltiryotganligi haqida ma’lumot berilgan. Zararkunandaning yangi joylarga tarqalishiga asosiy sabab savdo-sotiq, tovar ayriboshlash va bopqalardir [3, 4]. Yuqoridagilarni hisobga olib 2020 yil Qibray tumani O`simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutida, O`rtachirchiq tumanidagi Toshkent sholi, don va dukkakli ekinlar ilmiy -tajriba stansiyasi, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Baxtishod” f/x va Qamashi davlat o`rmon xo`jaligi dalalarida dukkakli don ekinlaridan biri loviya ekilgan maydonlarda to`rt dog`li donxo`rning tarqalishi hamda zararini o`rganish maqsadida kuzatuvlar olib bordik. Tadqiqotlar natijasiga ko`ra xo`jaliklardan olib kelingan loviya donlarini 1000 donadan tahlil kilib ko`rganimizda O`XQITI tajriba maydonidan olingan donlar 65, 6 %, O`simlikshunoslik ITI dan olib kelingan donlar 52, 4% va Toshkent sholi, don va dukkakli ekinlar ITI dan olingan donlar 54, 1 %, Qamashi tumani “Baxtishod” f/x don olib kelingan donlar 34, 7% hamda Qamashi davlat o`rmon xo`jaligidan olib kelingan loviya donlari to`rt dog`li donxo`rlar bilan 40, 1% gacha zararlanganligi aniqlandi, xuddi shu tajribalar 2021 yil qayta olib borilganda O`XQITI tajriba maydonidan olingan donlar 51, 8%, O`simlikshunoslik ITI dan olib kelingan donlar 47, 7% va Toshkent sholi, don va dukkakli ekinlar ITI dan olingan donlar 48, 6 %, Qamashi tumani “Baxtishod” f/x don olib kelingan donlar 38, 9% hamda Qamashi davlat o`rmon xo`jaligidan olib kelingan loviya donlari to`rt dog`li donxo`rlar bilan 48, 1% gacha zararlanganligi aniqlandi. Tadqiqotlar natijasidan xulosa qilib aytganda Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida to`rt dog`li donxo`rni loviyada tarqalishi va zarar keltirish darajasini o`rganish maqsadida olib borilgan tadqiqotlarda bu zararkunanda loviya donlariga 50-60% gacha zarar keltiradi. 1-rasm. Donxo`rlar (Bruchidae) bilan zararlangan loviya donlari. АDABIYOTLAR: 1. Методические указания по испытанию инсектицидов, акарицидов и моллюскоцидов в растениеводстве. -Москва. - 1986. 138-139 стр. 2. Павлов И.Ф.Агротехнический метод защиты растений. -М.: Россельхозиздат, 1971. - 206 с