ISSIQXONA SHAROITIDA ETISHTIRILAYOTGAN BODRING O`SIMLIGINING RIVOJLANISH DAVRIDA UCHRAYDIGAN SHIRALAR VA ULARGA QARSHI SAMARALI KURASH CHORA—TADBIRLARI
Abstract
Issiqxonalar – hozirda yurtimizda yaxshigina iqtisodiy samara beroyatgani hech kimga sir emas. Ushbu maqola issiqxonalarda uchraydigan shira zararkunandasi bioekologiyasi, xususan ularning ko`payish fazalari, tarqalishi tabiiy ko`rinishlari, yashash sharoiti,hamda ularni sonini boshqarishdagi istiqbolli amaliyotlar haqida yoritilgan. Shiralar tirik tug`addigan va tuxum qo`yishi sababli mavsum davomida 20-26 taga yaqin bo`g`in berishadi.o`z vaqtida ko`rilmagan choralar natijasida hosildorlik 70% ga qadar kamayishi va mahsulot sifati qoniqarsiz bo`lishiga olib kelishi aniqlangani haqida gap boradi.
Keywords: shira, lichinka, tuxum, bodring, o`simlik, hosil, issiqxona, so`ruvchi zararkunanda, zararkunanda, Aphidinea kenja turkumi, entomofag, qarshi kurash, samaradorlik