BO‘RDOQILINAYOTGAN QO‘ZILARNING FITOBIOTIK TA’SIRIDA TIRIK VAZN DINAMIKASI VA ULARNING TEZ YETILUVCHANLIGI

Sharifov Davlatjon
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali
ORCID: 0009-0006-7705-3858
Yangiboyev Abdumalik
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali
ORCID: 0009-0002-7710-5516
Xolbo‘tayev Ilyosjon
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali
ORCID: 0009-0005-7822-6370

Abstract

Ushbu maqolada bo‘rdoqilinayotgan qo‘zilarning tirik vazn dinamikasi va tez yetiluvchanligiga fitobiotik qo‘shimcha – “ФИТОС” preparatining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda qo‘zilar 3 guruhga ajratilib, nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhlariga 5 g va 10 g miqdorda fitobiotik qo‘shib berildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, “ФИТОС” qo‘llanilishi qo‘zilarning mutloq va o‘rtacha sutkalik o‘sishini sezilarli darajada oshiradi, ozuqa moddalari hazmlanishini yaxshilaydi hamda tez yetiluvchanligini ta’minlaydi. Eng yuqori samaradorlik 5 g/bosh/kunda dozada kuzatildi. Shuningdek, tirik vazn o‘sish ko‘rsatkichlarining barqarorligi va guruh ichidagi individual farqlarning kamaygani aniqlanib, fitobiotiklardan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyati asoslandi.

How to cite

GOSTSharifov D., Yangiboyev A., Xolbo‘tayev I. BO‘RDOQILINAYOTGAN QO‘ZILARNING FITOBIOTIK TA’SIRIDA TIRIK VAZN DINAMIKASI VA ULARNING TEZ YETILUVCHANLIGI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №4 (119). – DOI: 10.63241/akhvvol119y2026iss4m45.
APASharifov D., Yangiboyev A., Xolbo‘tayev I. (2026). BO‘RDOQILINAYOTGAN QO‘ZILARNING FITOBIOTIK TA’SIRIDA TIRIK VAZN DINAMIKASI VA ULARNING TEZ YETILUVCHANLIGI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 119(4). https://doi.org/10.63241/akhvvol119y2026iss4m45
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №4 [119], 2026 Published: 01.06.2026