2-maqola
DOI: 10.63241/akhvvol118y2026iss3m48
IMPORT QILINGAN GMO G‘O‘ZA NAVLARINI ZARARLI ORGANIZMLAR BILAN ZARARLANISHI
Marupov Abbosxon
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0004-5768-1019
Turamuratova Gulshod
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0002-3376-0113
Maxmudov Murod
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0009-0007-6640-4154
Annotatsiya
<p>Mazkur tadqiqotda chetdan import qilingan GMO g‘o‘za navlarining zararli organizmlar bilan zararlanish xususiyatlari o‘rganildi. 2024–2025 yillarda o‘tkazilgan dala va lizimetr tajribalarida ayrim navlarda ko‘sak qurti va g‘o‘za tunlamiga moyillik aniqlandi, boshqa navlarda esa zararlanish kuzatilmadi. Shu bilan birga, navlarning zararlanish darajasi ularning genetik tozaligi bilan bog‘liq ekanligi qayd etildi. Ayrim holatlarda so‘ruvchi hasharotlarga moyillik kuzatildi, biroq O‘zbekiston uchun xavfli karantin organizmlar aniqlanmadi.</p>
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150
№3 [118], 2026
Chop etilgan: 23.04.2026