“TOMORQA XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN AHOLINI RIVOJLANISHINING YANGI BOSQICHI

Salixov Akmal
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0002-6324-6086

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, uning qabul qilinishi sabablari hamda aholi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga koʻrsatayotgan taʻsiri tahlil qilingan. Qonunda tomorqa xoʻjaligini yuritishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari belgilab berilgan boʻlib, u aholi bandligini taʻminlash, oilaviy daromadlarni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadqiqot jarayonida tomorqa xoʻjaliklarining qishloq va shahar aholisi turmush darajasini yaxshilashdagi oʻrni, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari hamda qonunning amaliy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur qonun aholining tadbirkorlik faolligini oshirish, qishloq hududlarida barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʻminlashda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.

How to cite

GOSTSalixov A. “TOMORQA XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN AHOLINI RIVOJLANISHINING YANGI BOSQICHI // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. – 2026. – №1 (116). – DOI: 10.63241/2026164akhv.
APASalixov A. (2026). “TOMORQA XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN AHOLINI RIVOJLANISHINING YANGI BOSQICHI. Agrochemical Protection and Plant Quarantine, 116(1). https://doi.org/10.63241/2026164akhv
“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №1 [116], 2026 Published: 01.04.2026