AGRO KIMYO HIMOYA

O‘TLOQI-ALLUVIAL TUPROQLARIDA G‘OZA EKINING ILDIZ, ANG‘IZ QOLDIQLARI VA O‘G‘ITLARNING TUPROQ ORGANIK MODDASI BALANSIGA TA’SIRI

Atamuradov Janabay
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0008-7987-956X
Shadiyeva Nilufar
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0000-0002-7612-9017

Annotatsiya

<p>Mazkur maqolada Toshkent viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqialluvial tuproqlarida g‘o‘za ekini ildiz va ang‘iz qoldiqlari hamda turli o‘g‘itlarning tuproq organik modda balansiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda o‘g‘itsiz nazorat, biogumus, biologik mineral o‘g‘it va chirigan go‘ng qo‘llangan variantlar taqqoslangan. Ildiz va ang‘iz qoldiqlari orqali tuproqqa kiradigan organik moddalar miqdori va ularning gumusga aylanish darajasi aniqlangan. Tuproqning 0–30 va 30–50 sm qatlamlarida gumus shakllanishi va uning balansiga baho berilgan. O‘g‘itsiz sharoitda gumus balansi deyarli nol yoki salbiy ekanligi aniqlangan. Organik va biologik o‘g‘itlar gumus hosil bo‘lishini sezilarli oshirgan. Eng yuqori ijobiy natija 40 t/ga chirigan go‘ng qo‘llanganda kuzatilgan. Tadqiqot natijalari tuproq unumdorligini saqlashda organik o‘g‘itlarning muhimligini ko‘rsatadi. Olingan ma’lumotlar barqaror dehqonchilik tizimlarini ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №1 [116], 2026 Chop etilgan: 01.04.2026