AGRO KIMYO HIMOYA

FOSFORLI O‘G‘IT ME’YORLARINI DORIVOR STEVIYA O‘SIMLIGINI HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

Fozilov Lazizjon
Farg‘ona davlat universiteti
ORCID: 0009-0003-4863-2285
Abobakirova Madina
Farg‘ona davlat universiteti
ORCID: 0009-0007-5900-0661
Anafiyayeva Dildora
Farg‘ona davlat universiteti
ORCID: 0009-0004-7993-4216

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada dorivor shirinbarg – Stevia rebaudiana o‘simligining barg soni va barg hosildorligiga fosforli o‘g‘it me’yorlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, fosforli o‘g‘it me’yori oshib borishi bilan steviyaning barg soni hamda umumiy barg hosildorligi ortishi kuzatildi. Bu holat mazkur o‘simlikning fosfor elementiga bo‘lgan talabi nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada steviya o‘simligining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, biologik xususiyatlari va undan foydalanish yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tajriba natijalariga ko‘ra, barg hosildorligining eng yuqori ko‘rsatkichi – 32,0 s/ga – fosforli o‘g‘itlar 175 kg/ga me’yorda qo‘llanilgan variantda qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich nazorat variantiga nisbatan 14,4 s/ga, fosforli o‘g‘it qo‘llanilmagan variantga nisbatan esa 5,7 s/ga yuqori bo‘ldi. Olingan natijalar dorivor steviya yetishtirishda optimal fosforli o‘g‘it me’yorlarini belgilash muhim agrotexnik omil ekanligini tasdiqlaydi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №1 [116], 2026 Chop etilgan: 01.04.2026