AGRO KIMYO HIMOYA

YERGA ISHLOV BERISHNI SASSIQ KOVRAK (F. FOETIDA L.)NING FOTOSINTETIK FAOLIYATIGA TA’SIRI

Aliboyev Sherzod
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti
ORCID: 0009-0001-4002-8361

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada O‘zbekistonning qimmatli dorivor o‘simligi – sassiq kovrak (Ferula foetida L.) ning fotosintetik faoliyatiga sifatli tuproqqa ishlov berish (shudgorlash)ning ta’siri uch yillik dala tajribalari asosida o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi kovrakning madaniy plantatsiyalarda o‘sishi va rivojlanishini optimallashtirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Nurobod tumanining adir mintaqasida olib borilgan kuzatishlar shudgorlangan maydonda o‘simlikning fotosintetik potensiali (FP), barg yuzasi indeksi (BYuI) va fotosintez sof mahsuldorligi (FSM) ko‘rsatkichlari nazorat (shudgorsiz) variantga qaraganda sezilarli darajada (1.5-2.5 baravar) yuqori ekanligini isbotladi. Eng yuqori fotosintetik faollik o‘simlikning vegetativ rivojlanishining uchinchi yilida qayd etildi. Xulosa qilib aytganda, tuproqni chuqur shudgorlash sassiq kovrakning fotosintetik faoliyatini faollashtiruvchi va uning biomassasi hamda qimmatli smola hosildorligini oshirish imkonini beruvchi asosiy agrotexnologik tadbirdir.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №1 [116], 2026 Chop etilgan: 01.04.2026