AGRO KIMYO HIMOYA

LIMONNING KENG TARQALGAN NAVLARI MEVA MASSASI, HOSILDORLIK, PO‘STLOQ MIQDORI VA CHIQIMI KO‘RSATKICHLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI

Xamidova Feruza
Toshkent davlat agrar universiteti
ORCID: 0009-0003-2643-1933
Kasimova Iroda
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
Axmedov Shuxrat
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
ORCID: 0000-0003-2868-7177

Annotatsiya

<p>O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan limonning Meyer, Tashkentskiy va O‘zbekiston to‘ng‘ichi navlari asosiy xo‘jalikbiologik ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilingan. Limon navlarining mevalari o‘rtacha massasi, tovar sifati bo‘yicha saralanishi, bir tupdan va gektardan olinadigan hosildorlik hamda sanoat uchun muhim bo‘lgan po‘stloq chiqimi miqdori batafsil yoritilgan. Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston to‘ng‘ichi navi meva vazni (160 g) va hosildorlik (21,4 t/ga) bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etib, qayta ishlash sanoati uchun boy xomashyo manbai ekanligini isbotladi. Tadqiqot natijalaridan limonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida nav tanlash va ishlab chiqarish samaradorligini prognoz qilishda foydalanish tavsiya etiladi.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №1 [116], 2026 Chop etilgan: 01.04.2026