AGRO KIMYO HIMOYA

SURXONDARYO VILOYATI TOG‘LI, TOG‘ OLDI VA PAST TEKISLIGIDA JOYLASHGAN XO‘JALIKLARDA SANOATBOP UZUMDA OIDIUM KASALLIGINI TARQALISHI VA HOSILDORLIKKA TA’SIRI

Nizamiddinov Kamoliddin
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
ORCID: 0009-0000-4542-389X

Annotatsiya

<p>Maqolada Surxondaryo viloyatining tog‘li, tog‘ oldi va tekislik vertikal mintaqalarida tokning oidium kasalligini tarqalishi, rivojlanishi va hosilga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kasallikning eng yuqori tarqalishi va rivojlanishi tekislik mintaqasida kuzatilib, hosil yo‘qotilishi o‘rtacha 32,6% ni tashkil etgan. Tog‘li hududlarda esa kasallik nisbatan kam tarqalgan bo‘lib, bu yerda hosil yo‘qotilishi past ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Kasallik rivojlanishiga asosiy omil sifatida harorat va havoning nisbiy namligi ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Olingan natijalar kasallikka qarshi kurash choralarini mintaqalar kesimida samarali rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.</p>

“Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini” — ISSN 2181-8150 №1 [116], 2026 Chop etilgan: 01.04.2026